“O‘zgidromet”ning xabar berishicha, 4-dekabrda kunning ikkinchi yarmida ob-havo sharoitini Volga bo‘yi ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi. Janubiy va markaziy hududlar ustida qatlamli to‘p-to‘p bulutlardan hosil bo‘lgan qatorlar cho‘zilib ketishi davom etadi, harorat foni esa iqlimiy me’yorlardan 6—8 darajaga past bo‘ladi.

Foto: “Daryo”

Respublika shimolida ancha sovuq bo‘ladi, kunning o‘rtasida havo harorati 5—8 daraja sovuqni, Orol bo‘yida 12—15 daraja sovuqni tashkil etadi.

Dam olish kunlari antitsiklon periferiyasi kuchayadi, bulutlar kamayadi. Kechalari havo harorati 4—7 daraja sovuqqacha, shimolning eng chekkasida ba’zi joylarda 17—20 daraja sovuqqacha bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 4—7 daraja iliqqacha ko‘tariladi, lekin o‘rtacha kecha-kunduzlik harorat odatdagidan biroz past bo‘ladi.

Avvalroq “O‘zgidromet” hafta oxiriga borib havo harorati pasayishini ma’lum qilingandi.