SpaceX kompaniyasi tomonidan yaratilgan Cargo Dragon kosmik yuk kemasi 6-dekabr, yakshanba kuni orbitaga uchirilgan edi. “RBK”ning yozishicha, kosmik yuk kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga muvaffaqiyatli tutashgan.

Foto: NASA

Cargo Dragon stansiyaga oziq-ovqat vositalari va tajribalar uchun mo‘ljallangan qurilmalardan iborat 2 tonnadan ortiq yukni yetkazgan.

Eslatib o‘tamiz, 17-noyabr kuni Amerikaning SpaceX kompaniyasiga qarashli Crew Dragon kemasi Toshkent vaqti bilan soat 09:01 da Xalqaro koinot stansiyasiga muvaffaqiyatli tarzda tutashgan. Uch amerikalik — Maykl Xopkins, Viktor Glover va Shennon Uoker hamda bir yapon astronavti — Soiti Nogutidan iborat ekipaj XKSda olti oy mobaynida bo‘lib turadi.