Bring A Trailer saytida 1970-yillarda Elvis Presliga tegishli bo‘lgan kalta kuzovli Mercedes-Benz 600 (W100) sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. Auksion 18-dekabrga qadar davom etadi, lotning hozirgi narxi 167 ming dollarni tashkil etmoqda. Mashinaning yangi egasiga rok-n-roll qirolining plastinkalari ham topshiriladi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Bring A Trailer

Elvis Presli kumushrang Mercedes-Benz 600’ni 1970-yilda 15,5 ming dollar evaziga sotib olgan. Uzun o‘lchamli mashhur versiyasidan farqli o‘laroq, bu kabi sedanlar jami 2190 nusxa yig‘ilgan. Qo‘shiqchi bir necha yil davomida avtomobilga egalik qilgan va keyinchalik uni do‘sti Jimmi Velvetga bergan bo‘lib, u mashinani umrining oxiriga qadar haydagan. Shundan so‘ng, mashina artistning uy-muzyeni bir qismiga aylangan, 2002-yilda hozirgi egasining qo‘liga kelib tushgunga qadar bir necha bor sotilgan.

Foto: Bring A Trailer

Mercedes-Benz 600’ning old eshigiga TCB monogrammasi tushirilgan bo‘lib, uning kengaytmasi — take car of business — Elvis Perslining hayotdagi shiori bo‘lgan qo‘shig‘idan parcha.

Sedanga 6,3 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, u besh pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Qo‘shimcha jamlanmalari qatoridan ikki zonali iqlim-nazorat tizimi, shuningdek, Tennessi shtatida buyurtma asosida yasalgan “ELVIS” raqamlari o‘rin olgan. Salon qora charm va yog‘och bezaklari bilan qoplangan. Kamchiligi — ruldagi darz ketgan Mercedes-Benz logotipi.

Foto: Bring A Trailer

Avvalroq AQShda Elvis Preslining gitarasi 1,32 million dollarga, 2017-yilda esa Presliga tegishli bo‘lgan to‘g‘nog‘ich 205 ming dollarga sotilgan edi.

Foto: Bring A Trailer

Foto: Bring A Trailer

Foto: Bring A Trailer

Foto: Bring A Trailer