Meksikaning Tartibga solish agentligi Pfizer va BioNTech tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 vaksinasidan favqulodda foydalanishni ma’qulladi. Bu haqda 12-dekabr, shanba kuni mamlakat sog‘liqni saqlash kotibiyati rahbarining o‘rinbosari Ugo Lopes-Gatelga tayanib “Interfaks” xabar qildi.

Foto: “Oreanda.ru”

“Tibbiyot sohasidagi xatarlardan himoya qilish bo‘yicha federal komissiya 26-noyabrdan boshlab barcha taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqmoqda va 11-dekabr kuni komissiyaning 24 vakili ushbu vaksinadan favqulodda foydalanish ehtimoli to‘g‘risida yakdil ijobiy xulosani chiqardi”, — deya e’lon qildi Ugo Lopes-Gatel Mexiko shahridagi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 12-dekabr kuni AQShda ham Pfizer vaksinasidan foydalanishga ruxsat berilgandi.

Ma’lumot uchun, Meksika ushbu vaksina bilan emlashni Buyuk Britaniya, Bahrayn, Kanada va AQShdan so‘ng boshlaydigan beshinchi mamlakat bo‘ldi.