Tadqiqotchilar o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan boshqa turdoshlari oldida maqtanishni yaxshi ko‘rgan dinozavr turini aniqladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Cretaceous Research

Yangi tur Ubirajara jubatus nomini olgan bo‘lib, u “Nayza naqshi” deb tarjima qilinadi. Bu turdagi dinozavrlar 110 million yil oldin Gondvana superqit’asida yashagan. Ularning o‘lchami tovuqdek kelgan. Orqa qismida ajoyib yungidan tashqari, yelka vazifasini bajargan ikki juft qattiq strukturasi ham bo‘lgan. Bu ularning ajratuvchi farqi hisoblangan.

Suratlarning birida Ubirajara dinozavri tasvirlangan. Aftidan, u yosh nar hisoblanadi, biroq yelkasidagi “bezak” odatda katta yoshdagi turlariga kerak. Qattiq strukturalar bo‘rtib turgan qanotlarga o‘xshaydi, biroq ularning tayanchi yo‘q. Tadqiqotchilarning hisoblashicha, ular keratindan (soch, tangacha yoki parning odatdagi tarkibi) tarkib topgan va dinozavrlarning erkin harakatlanishiga xalaqit bermaydi. Mazkur turlarning yorqin ranglari o‘zlarining naqadar ajoyibligini maqtanish yoki dushmanlarini qo‘rqitish uchun kerak bo‘lgan.

Foto: Paleocreations

U xuddi hozirgi kundagi tovuslarni yodga soladi va bu bekorga emas. Taxminlarga ko‘ra, tovuslar va bu turdagi dinozavrlarning ajdodi bir bo‘lgan, shu sababli ularning bir-biriga o‘xshash jihatlari mavjud.

Ubirajara jubatus’ning birinchi skeleti bundan o‘nlab yillar oldin Braziliya shimoli-sharqidagi Krato formatsiyasidan topilgan. U ikkita ohaktosh plitalarida saqlanib qolgan bo‘lib, ular birlashtirilganda “bir-biriga juda mos kelgan”. Oxir-oqibat plitalar Germaniyaga olib kelinib, Karlsruedagi Tabiat tarixi davlat muzeyida uzoq yillar saqlangan. Dinozavrning tashqi ko‘rinishi xususiyati haqida olimlar yaqindagina xabar topdi. Ular tosh qotgan skeletlarni yana bir bor tekshirishga qaror qilgan, biroq bu safar raqamli rentgen apparati yordamida.