O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ilk marta xonanda Ravshan Sobirov bilan duet ijro etdi. Ular Yulduz Usmonovaning xitga aylangan “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ini birga kuyladi.

Ma’lumot uchun, Yo‘lchi Ro‘ziyev so‘zi, Yulduz Usmonova musiqasi asosida yaratilgan “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘i 2018-yilda muxlislar e’tiboriga havola etilgan. Ushbu qo‘shiqning reper Shahriyor kuylagan versiyasi ham ancha ommalashgan.