Avval xabar berilganidek, Turkiyaning Konya shahrida 14—20-dekabr kunlari mutafakkir Jaloliddin Rumiy vafotining 747 yilligi munosabati bilan “Shabi arus” marosimlari doirasida madaniy tadbirlar o‘tkazildi. Ularda o‘zbekistonlik jurnalistlar ham dunyoning bir qancha davlatlari ommaviy axborot vositalari vakillari qatorida ishtirok etib, har bir hududi Rumiyning hayot yo‘lini eslatib turadigan Konya shahrining diqqatga sazovor qadamjolarida ham bo‘lishdi. Ularning orasida Alouddin Kayqubod tepaligi va masjidi, Qoratoy muzeyi hamda Inja minora madrasasi ham bor.

Alouddin Kayqubod masjidi 

Alouddin Kayqubod masjidi Konyadagi eng eski qadamjolardan sanaladi. U shaharning xuddi shu nomdagi markaziy tarixiy tepaligida joylashgan. Mazkur hududda saljuqiy hukmdorlarning qabrlari o‘rin olgan.

Alouddin masjidi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Har bir masjidda bo‘lgani kabi bu yerga ham oyoq kiyimlari yechilib, zarur bo‘lganda toza paypoq kiyib kiriladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

1080-yilda Konya saljuqiylar tomonidan zabt etilgach ko‘plab Vizantiya yodgorliklari sekin-astalik bilan masjidlarga aylantira boshlangan. Alouddin masjidi qurilishi asosida vizantiyaliklarning bazilika uslubini ham ko‘rish mumkin. Ilk qayta qurish ishlari 1150-yilda Mas’ud I sultonligi davrida boshlangan. 1155-yilda eng qimmat daraxtlardan biri ebendan tayyorlangan, Anatoliyadagi qadim saljuqiylar san’ati namunasi sanalgan minbar, koshinli mehrob hamda markaziy qubba ham xuddi shu davrga taalluqli. Masjidni ta’mirlash va kengaytirish ishlari 1219-yilda Kaykovus I sultonligi davriga to‘g‘ri keldi. Shimoliy tarafdagi mahobatli fasad aynan uning hukmronligida qurilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘sha vaqtda boshlangan sultonlarning marmardan qilingan maqbaralari bunyod etilishi Kaykovusning o‘limi sabab to‘xtab qolgan. Qayta qurish ishlari uning ukasi Alouddin Kayqubod I davrida boshlandi. Uning farmoni bilan masjidning asosiy zalida 1235-yilda 42 ta ustun o‘rnatilgan. Shundan boshlab 6 asrdan ziyod vaqt davomida masjid aytarli o‘zgarishga uchramadi. Faqatgina 1891-yilda minora qurilib, yangi marmar mehrob qad rostlagan. Shimoliy qismdagi Rim va Vizantiya me’morchiligi uslubida qurilgan tashqi qism marmar ustunlardan iborat.

Vizantiya me’morchiligi uslubida qurilgan marmar ustun.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Masjidning yirik peshtoqi och va to‘q rangdagi marmardan qilingan. Ayni vaqtda sharqiy tomondan ichkariga kirish mumkin. Masjidda dafn qilingan sultonlar ichida Mas’ud I, Qilich Arslon II, Qilich Arslon IV, Kayxusrav I, Alouddin Kayqubod I, Kayxusrav va boshqalarning qabrtoshlari bor.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kayxusrav I davrida bugungi kunda Otsiz maqbara nomi bilan tanilgan 8 burchakli maqbarani qurish boshlanib, yakunlanmay qolgan. Bunga sabab bu yerda dafn etilgan odamlarning ismlari hanuzgacha ma’lum emas.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Alouddin tepaligi Konya markazidagi eng baland nuqta sanaladi. Uning balandligi quruqlikda 20 metr, dengiz sathidan esa ming metrdan ortiqni tashkil etadi. Ayni joy Konyada ilk odamlar kelib joylashgan hududdir. Bugun Alouddin tepaligi — tarix va madaniyat qadamjosi, shaharning eng asosiy qismlaridan biri. Ilk hayot tarzi bu yerda eramizgacha bo‘lgan III asrda vujudga kelgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shaharning Alouddin tepaligidan ko‘rinishi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qoratoy muzeyi

Alouddin tepaligining pastki, shimoliy qismida, yo‘lning qarama qarshi tomonida Qoratoy muzeyi o‘rin olgan. Avvaliga u madrasa shaklida faoliyat yuritgan. Sulton Kaykovus II davrida o‘sha vaqtlarning eng mashhur davlat arboblaridan biri, harbiy yo‘lboshchi, ulug‘ vazir, endilikda qabri ushbu hududda joylashgan Jaloliddin Qoratoy tashabbusi bilan shahardagi eng yirik madrasa sifatida 1251-yilda bunyod qilingan.

Qoratoy muzeyi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Saljuqiylar davrida madrasa eng taraqqiy etgan ta’lim dargohlaridan sanalgan bo‘lib, matematika va astronomiya fanlariga katta e’tibor berilgan. Bu yerda Jaloliddin Rumiy ham bilim bergan. Madrasa ichida kvadrat shaklidagi basseyn bor, uning ustida esa tomda ochiladigan tuynuk qurilgan. Kun ochiq bo‘lganida u ochilib, ana shu tuynukdan tushadigan quyosh nurlari suvda jilvalangan. Yulduzlar aks etgan osmon shaklidagi qubbada arab yozuvidagi Qur’on oyatlari hamda payg‘ambarlarning ismlari qayd etilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qoratoy qabri.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Koronavirus pandemiyasi davrida muzeydagi gigiyena tartib qoidalari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

1955-yilda madrasa sopol buyumlar saqlanadigan muzeyga aylantirilgan. Kirish qismidagi muqarnas me’morchilik uslubi saljuqiylarga xos me’moriy namuna ekanligini namoyon etadi. Bu yerda bir vaqtning o‘zida arab, saljuqiy hamda yunon me’morchiligi uslublari uyg‘unlashib ketganini ko‘rish mumkin. Muzeydagi sopol buyumlar va ularning qismlari o‘ziga xosdir. Bular saljuqiy sultonlarning yozgi qarorgohi bo‘lgan Qubodobod saroyidan chiqqan devor plitkasi, Alouddin saroyidan topilgan sopol va shisha likopchalar va saljuqiy hamda usmonlilar davriga tegishli boshqa sopol buyumlar Konya hamda uning atrofidagi hududlardan topilgan. Shuningdek, muzeyda bir-biridan boshqacha rangli mozaikalar dekoratsiyalarini tomosha qilish mumkin.

Inja minora muzeyi (madrasasi)

Inja minora madrasasi (ingichka minora) XIII asrga oid Islom ta’limoti maktablaridan sanaladi. Endilikda u o‘yilgan tosh va yog‘och san’ati namunalari saqlanuvchi muzey sifatida ishlamoqda. Qoratoy kabi ushbu muzey ham avvaliga madrasa bo‘lgan, me’morchilik uslubi ham aynan bir xil bo‘lsa-da, ichki qurilishi o‘zgacha. Madrasa sulton Kaykovus II davrida 1264-yilda vazir Sohib Ota Fahriddin Ali tashabbusi bilan muhandis Kelyuk bin Abdulloh tomonidan qurilgan. Ingichka minorali madrasa XIX asrgacha ishlagan, 1876–1899-yillarda ta’mirlangan. XX asrda Respublika boshqaruv usuliga o‘tilgach, 1936-yilda yana ta’mirlash ishlari o‘tkazilib, 1956-yilda muzey ish boshlagan.

Inja minora muzeyi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Pandemiya davrida muzey ichki tartib qoidalari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Muzeyda saljuqiylar va qoramangullarflar davriga oid o‘yma tosh va yog‘och san’ati namunalari, tosh va marmar buyumlar mavjud. Ularni kesishda o‘ziga xos texnika, geometrik va tabiiy dastgohlardan foydalanilgan. Saljuqiylar imperiyasi ramzi — ikki boshli burgut va qanotli farishtalar tosh plitalarni bezab turibdi. Qubba bilan qoplangan ulkan hovli markazida basseyn bor. Uning atrofida ta’lim xonalari joylashgan. U kichik derazalar va shiftga ilingan fonarlardan yoritiladi. Tashqi qismi tosh, ichki va boshqa qismlari g‘isht va boshqa xomashyodan qurilgan. Shimoliy qismidagi masjiddan bugungi kunda faqatgina poydevor hamda mehrobning ayrim qismlari qolgan, xolos.

Quyosh soati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman