Fransiyada Pfizer va BioNTech tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinadan foydalanishni ma’qullandi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: Google Images

Ma’lum qilinishicha, Yevropa komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Pfizer va BioNTech tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina bozorga kirish uchun ma’lum shartlar asosida Yevropa dori-darmon agentligining roziligini olgan. Shundan so‘ng Fransiya Sog‘liqni saqlash oliy idorasi COVID-19’ga qarshi vaksinatsiya strategiyasini tasdiqladi.

Strategiyaga ko‘ra, birinchi navbatda vaksina koronavirus bilan kasallanish xavfi yuqori bo‘lgan, jumladan, kasallik og‘ir o‘tishi mumkin bo‘lgan aholi guruhlariga beriladi. Vaksinani ilgari og‘ir allergik reaksiyalarga uchragan odamlar uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Yevropa dori-darmon agentligi 21-dekabr kuni Yevropa Ittifoqida Pfizer va BioNTech tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinadan foydalanishga ruxsat berishni tavsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasini butun dunyo bo‘ylab tarqatish noyabr oyi oxiridan boshlandi. Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib ushbu kompaniya vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi. Bundan tashqari, AQShBahraynMeksikaKanadaShveysariya va Yevropa Ittifoqida u foydalanish uchun tasdiqlangan.