Nafaqat uyni bezatish, bug‘u surati tushirilgan sviter kiyish, balki dasturxondagi shirinliklar ham Yangi yil shukuhini baxsh etishi mumkin. Bu borada quyidagi retseptlar sizga yordam bera oladi.

Qorbola ko‘rinishidagi beze

Foto: Marie Claire

Tayyorlash uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • tuxum oqi — 2 dona;
  • tuz — bir chimdim;
  • shakar — 60 gr;
  • shakar kukuni — 60 gr.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Tuxum oqiga tuz qo‘shib, mikser bilan ko‘pik holiga keltiring.
  • Oz-ozdan shakar qo‘shib, aralashtirishda davom eting.
  • Shakar kukuni qo‘shing va yana aralashtiring.
  • Qandolat qopchasiga soling va uch xil kattalikda dumaloq qilib listga terib chiqing.
  • 100 daraja qizigan pechda 1 soat davomida pishirib oling, 1—15 daqiqada pech eshigini ochiq qoldiring.
  • Pishganidan keyin qorbola ko‘rinishida tering va bezating.

Yangi yil g‘o‘lasi ko‘rinishidagi rulet

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum — 6 dona;
  • shakar — 6 osh qoshiq;
  • un — 140 gr;
  • kakao — 3 osh qoshiq;
  • “razrixlitel” — 0,5 qoshiq.

Nachinka uchun:

  • sut — 200 ml;
  • un — 2 osh qoshiq;
  • suyuq pishloq — 500 gr;
  • tuxum — 1 dona;
  • vanilin — 10 gr;
  • shakar kukuni — 5 osh qoshiq;
  • banan — 2 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Xamir tayyorlash uchun tuxum oqini sarig‘idan ajrating.
  • Tuxumga shakarning yarimini qo‘shib aralashtiring.
  • Kakaoga un, “razrixlitel” qo‘shing va tuxum bilan aralashtiring.
  • Aralashmaga tuxum sarig‘ini soling.
  • Qandolat qog‘ozi solingan listga aralashmani soling va 210 daraja qizigan pechda 7 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Sutni qizdiring, un qo‘shib, pasta ko‘rinishidagi aralashma holiga keltiring.
  • Olovni o‘chirib, tuxum qo‘shib aralashtiring.
  • Xona haroratida erigan sariyog‘ soling.
  • Shakar, shakar kukuni qo‘shib aralashtiring.
  • Biskvitga krem surting, banan bilan bezatib chiqing.
  • Ehtiyotkorlik bilan rulet shaklida o‘rang, 3 soatga muzlatkichga qo‘ying.

Ertaklardagidek uy ko‘rinishidagi shirinlik

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • bug‘doy uni — 250 gr;
  • javdari un (qora bug‘doy uni) — 250 gr;
  • jigarrang shakar — 125 gr;
  • kakao — 25 gr;
  • asal — 250 gr;
  • sariyog‘ — 125 gr;
  • tuxum — 1 dona;
  • dolchin — 1 choy qoshiq;
  • zanjabil kukuni — 0,5 qoshiq;
  • yong‘oq — 0,5 qoshiq;
  • soda — 1 choy qoshiq.

Glazur uchun:

  • tuxum oqi;
  • shakar kukuni — 230 gr;
  • ta’bga ko‘ra limon kislotasi

Tayyorlanish jarayoni:

  • Un, kakao, yong‘oq, dolchin, zanjabilni qo‘shib aralashtiring.
  • Idishda shakar, asal va sariyog‘ni aralashtiring va shakar erigunicha olovga qo‘ying.
  • Unli aralashmaning yarmini shakarli aralashmaga qo‘shing.
  • Tuxum qo‘shib yana aralashtiring, unning qolgan qismini soling va soda qo‘shing.
  • Xamirni yaxshilab mushtlang va bir necha soat davomida tindiring.
  • Xamirni 5 sm qalinlikda yoying va shablonga ko‘ra uy devorlari va tomini kesib chiqing.
  • 200 daraja qizigan pechda 20 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Tuxum oqiga shakar, keyin esa limon kislotasini qo‘shib aralashtiring.
  • Xamir pishganidan keyin sovuting va aralashma yordamida yopishtirib chiqing.
  • Fantaziyangizga qarab bezatishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!