Xitoyning 400 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan Yuyshu shahri hududiga meteorit quladi. Jarohat olganlar haqida ma’lumot yo‘q, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Skrinshot: YouTube

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, meteoritning radiusi bir metrga yetgan, og‘irligi esa 10 tonnaga yaqin. Hozircha bu aniq ma’lumotlar emas. Keyinroq olimlar meteorit “qo‘ngan” joyni topishi va u haqida ko‘proq ma’lumotlar bilan bo‘lishishi mumkin. Bu kabi ulkan meteoritning qulashi kamdan kam uchraydigan holat hisoblanadi, shu sabab uni o‘rganish qiziq.

Osmon jismining yerga tushishini ko‘rgan guvohlar ko‘p — hodisa mahalliy vaqt bilan soat 07:25 da sodir bo‘lgan, bu vaqtda ko‘pchilik uyg‘onib bo‘lgani sabab yorqin hodisani ko‘rgan va uni kameraga olishga urinishgan. Quyidagi rolikda foydalanuvchilar tomonidan tasvirgan olingan bir nechta video jamlangan:

Bu kabi qulash atrofga jiddiy zarar yetkazgani tayin. Ta’kidlanishicha, meteorit qulagan vaqtida kuchli portlash qayd etilgan.