Yangi yilga mos ko‘rinish va ajoyib ta’mga ega salat retsepti aziz bekajonlar uchun ajoyib tanlov.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum — 2 dona;
  • konservalangan baliq — 200 gramm;
  • pishloq — 120 gramm;
  • makkajo‘xori — 150 gramm;
  • tuz va ziravorlar, mayonez.

Bezak uchun:

  • tuxum — 2-3 dona;
  • bulg‘ori qalampiri — 1 dona;
  • zaytun — 2 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxumlar qaynatib olinadi.
  2. Baliq sanchqi yordamida maydalab olinadi, tuxum va pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  3. Barcha masalliqlar makkajo‘xori bilan birgalikda idishga solinadi. Tuz va ziravorlar qo‘shib, mayonez aralashtiriladi.
  4. Bezak uchun tuxumning sarig‘i mayda, oqi biroz yirikroq qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Bulg‘ori qalampiri mayda to‘g‘raladi.
  5. Tuxum sarig‘i aralashmaning o‘rta qismiga sepib chiqiladi. Oqidan soqol va qorbobo qalpog‘ining bir qismi yasaladi. Maydalangan bulg‘ori qalampiridan qalpoqning qolgan qismi, burun va og‘iz yasaladi. Zaytun donalaridan esa ko‘z o‘rnida foydalaniladi.

Yoqimli ishtaha!