Efiopiyaning G‘arbiy Benishangul-Gumuz tumanida bu hafta noma’lum jangarilar hujumiga uchragan 200 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 25-dekabr kuni kechqurun Reuters agentligiga tayanib “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Tellerreport.com”

Qayd etilishicha, mintaqada etnik zo‘ravonlik tez-tez uchrab turadi.

Ma’lum qilinishicha, 207 nafar qurbon va hujum qilganlardan yana 15 kishi dafn etilgan.

Hujumni noma’lum qurollangan guruh amalga oshirgan. Bosh vazir Abiy Ahmad 26-dekabr kuni mojaro zonasiga federal qo‘shinlarni yubordi. Harbiylar qishloqqa hujum qilishda ayblangan 42 jangarini o‘ldirdi.

Efiopiyadagi qurolli nizo federal hukumat TOMFning harbiy bazaga hujum qilishda ayblaganidan keyin kuchayib ketdi. Nizo qurbonlarining aniq soni ma’lum emas. Reuters va AFP ta’kidlashicha, nizo tomonlari da’vo qilayotgan ma’lumotlarni tekshirish mushkul bo‘lmoqda, chunki mintaqada internet va telefon aloqasi ishlamayapti.

Ma’lum qilinishicha mamlakatdagi urushni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi bosh vazir Abiy Ahmad boshlagan. Nizo noyabr oyining boshidan beri davom etmoqda.

Avvalroq Efiopiya hukumati Tigrayda harbiy operatsiya tugatilganini ma’lum qilgandi.