Vengriya 26-dekabr, shanba kuni Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlarda emlashlar o‘tkazilishidan bir kun oldin COVID-19’ga qarshi emlashni boshladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Foto: Reddit

Pfizer va BioNTech tomonidan ishlab chiqilgan vaksina dastlab Budapeshtdagi kasalxona xodimlariga qo‘llanildi. Ta’kidlanishicha, dozalarning birinchi partiyasi 4875 kishini emlashga imkon beradi.

Inyeksiyani birinchi bo‘lib qabul qilgan kishi Del-Pesht markaziy kasalxonasi shifokori Adriyenna Kertes bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, Vengriyada vaksinatsiya Yevroittifoqning boshqa a’zolari, shu jumladan, Fransiya, Germaniya, Italiya, Avstriya, Portugaliya va Ispaniyadan bir kun avval boshlandi.

450 millionga yaqin odam yashaydigan Yevropa Ittifoqi bo‘ylab ommaviy emlash kampaniyasi dunyo bo‘ylab 1,7 milliondan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan, iqtisodiyotga zarar yetkazgan va korxonalar hamda ish joylarini yo‘q qilgan pandemiyani tugatish yo‘lidagi hal qiluvchi qadam bo‘lishi kutilyapti.

Hozirgacha Buyuk BritaniyaRossiyaAQShShveysariya hamda BAAda ommaviy emlash boshlandi.