Go‘zallik ustida ish boshlash hech qachon kech hisoblanmaydi va har doim ham foydali bo‘ladi. Buning uchun aynan qimmatbaho mahsulotlar sotib olish, kosmetolog bilan muntazam muolajalar olib borish va dam olish uchun qayergadir sayohat qilish shart emas. Go‘zallik fidoyilik talab qildi, bu esa ko‘proq vaqt bilan bog‘liq. Ammo uning oddiy va tezkor usullari ham mavjud.

Foto: Artromed

Sovuq suv

Foto: Marie Claire

Suv insonning yoshligi hamda sog‘lig‘ining kafolatidir. Sovuq suv teri tetikligi uchun juda foydali. Suv teri bilan aloqa qilganda qon aylanish intensivligini oshiradi. Shishni kamaytiradi va teri holatini yaxshilaydi. Shuningdek, limonli suv ertangi kun uchun terining namlik manbayi hisoblanadi. Uyqudan oldin iste’mol qilingan limonli suv tunda faollashadi va kun davomida tanada to‘plangan toksinlarni tozalaydi. Ertalabda limonli suv ichish ham zarar qilmaydi. Bu modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi va terini sog‘lomlashtiradi.

Kosmetika vositalari

Foto: Marie Claire

Odatda tasvirning go‘zalligini emas, balki daqiqalardan unumli foydalanishni o‘rganish kerak. Buning uchun sumka ortiqcha kosmetik vositalarni yig‘ishning keragi yo‘q. Ularning har biridan o‘z o‘rnida foydalanish ayol kishining eng ko‘p vaqtini oladi. Shunchaki lab bo‘yog‘idan yanoqlar uchun ham rang berishda foydalanish mumkin. Yoki qovoqlar uchun mo‘ljallangan ten yordamida qoshlarga biroz ishlov berish ham zarar qilmaydi.

Sport

Foto: Marie Claire

Sog‘lom va yosh ko‘rinishni saqlab qolishning eng yaxshi yo‘li – bu sport bilan shug‘ullanishdir. Albatta, bu qiyin va mashaqqatli bo‘lishi shart emas, balki yengil gimnastika, har kuni kamida 15-30 daqiqa mashqlar bajaraishdan iborat bo‘lishi ham mumkin. To‘g‘ri, buning uchun ko‘p vaqt ketadi. Ammo natijasi aniq. Terini va tananing chiniqishi har qanday kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammoning oldini oladi.

Terini uqalash

Foto: Marie Claire

Muntazam massaj yuz mushaklarini rag‘batlantiradi va teri hujayralariga imkon qadar ko‘proq kislorod yetkazib berishga yordam beradi. Boshqacha qilib aytganda, bu qarishga qarshi sezilarli ta’sirga ega. Kollagenning ishlab chiqarilishi ko‘payadi va terining rangi ham yaxshilanadi. Yuz uchun mo‘ljallangan yoki namlantiruvchi vositani muammoli joylarga yengil bosim bilan yumshoq dumaloq harakatlar bilan qo‘llash kerak. Shu tarzda yuz massaj qilinadi, bu orqali mahsulot teriga oson va chuqurroq kirib borishiga yordam beradi.

Sog‘lom uyqu

Foto: Marie Claire

Teri barcha parvarishdan ham ko‘ra uyqudan ko‘proq foyda oladi. Shuningdek, uyqu yotoq o‘rni va xonaning qulayligi bilan ham bog‘liq. Ayniqsa, ipak jildli yostiq  yoki choyshabda tana salomatligi uchun juda zarur bo‘lgan bir qator tabiiy oqsillar va 18 ta aminokislotalar mavjud. Ushbu matolar ustida uxlash yanoqlardagi yoqimsiz izlardan xalos qiladi. Ipak va atlas mato sochlar orasida minimal ishqalanish hosil qilib, zararni kamaytiradi. Shuningdek, uyqudan avval sochlarni qulay holda yig‘ishtirib yotish tavsiya etiladi. Sababi yoyilgan soch yuzasida yig‘ilgan bakteriyalar osongina yuz terisiga tushishi va hunsbuzarlar rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.