Suratga tushish jarayonlari aktyor va aktrisalardan nafaqat ijro mahorati, balki tanib bo‘lmas darajadagi pardozni ham talab qiladi. Buning natijasida esa ma’lum qahramonni gavdalantiradigan yulduzlar asliga o‘xshamay qoladi.

Skatax va Ledi Gaga

Foto: Cosmopolitan

Mashhur xonanda “American horror story” filmida jodugar rolini ijro qilgan.

Aleks Danfi va Ariel Uinter

Foto: Cosmopolitan

“Zamonaviy oila” serialida Ariel ko‘zoynak taqqan o‘qimishli qiz rolini ijro qilgan. Aslida esa u aslo bunday emas.

Emmit Stassi va Evan Mak-Gregor

Foto: Cosmopolitan

Kelishgan Evanning “Fargo” serialidagi qahramoni o‘ziga umuman o‘xshamaganidan rostan ham ushbu rolni Mak ijro qilganmi, degan shubha uyg‘onadi.

Papper va Naomi Grossman

Foto: Cosmopolitan

“American horror story” filmida aktrisa Pepper ismli qahramonni gavdalantirish uchun pardozxonada 4 soat vaqt davomida bo‘lishiga to‘g‘ri kelgan.

Rast Koul va Mettyu Makkonaxi

Foto: Cosmopolitan

“Haqiqiy izquvar” filmida Makkonaxi umuman o‘ziga o‘xshamaydi. O‘ziga xos tabassumidan tanib qolmaganda, bu rolni Mettyu ijro qilganini bilish mushkul bo‘ladi.

Deyeneris Targarien va Emiliya Klark

Foto: Cosmopolitan

“Taxtlar o‘yini” serialida Emiliya o‘ziga uncha o‘xshamaydi.

Janin Uorrenova va Madlen Bryuer

Foto: Cosmopolitan

“Oqsoch hikoyasi” dramasida rol ijro qilish uchun Madlen hayotdagidan ko‘ra xunukroq bo‘lib turishiga to‘g‘ri kelgan.

Deyzi Meyson va Sofi Makshera

Foto: Cosmopolitan

“Daunton abbatligi” filmida ijro qilgan qahramoni aktrisadan ancha yiroq ekaniga qaramay, Sofi bu uning eng yaxshi ko‘rgan rollaridan biri ekanini ta’kidlaydi.

Uolter Uayt va Brayan Krenston

Foto: Cosmopolitan

Giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanadigan Uolter qahramoni, Brayanning o‘zichalik kelishgan emas.