Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining yaqin soatlarda Instagram sahifalariga joylagan foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Qiziqchi Halimaxon turmush o‘rtog‘ining tavallud kuni bilan tabriklab, “Borimni ham, yo‘g‘imni ham boricha qabul qilgan bolalarimning dadasi” deya post qoldirdi.

Foto: Instagram

Sardor Rahimxon navbatdagi posti orqali xayr-ehsonning naqadar savobi ulug‘ligi haqida aytib o‘tdi va bilganlarini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Xonanda Lola inson ichki ovoziga quloq solishi va u hech qachon aldamasligi haqida mulohaza yuritdi.

Foto: Instagram

Umidaxon tilni tiyish haqida mulohazali post joylab, barchaga xayrli kech tiladi.

Foto: Instagram

Aktrisa Shahzoda Muhamedova turmush o‘rtog‘ini tavallud kuni bilan qutladi. Safardan sog‘-omon yetib kelishini tiladi.

Foto: Instagram

Shahlo Ahmedova “Daryo” deb nomlangan yangi qo‘shiqni ijro etdi.

Foto: Instagram

Ulug‘bek Rahmatullayev negadir “Qirmizi olma” qo‘shig‘ini esladi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva yangi albom ustida ishlamoqda.

Foto: Instagram

Aktyor Javohir Zokirov rossiyalik mashhur aktyor Farhod Mahmudov bilan tushgan suratini joylab, u O‘zbekistonda film suratga olayotganligiga ishora qildi.

Foto: Instagram

Ozoda Nursaidova sahifasiga yangi imijdagi suratini joylab, mazmunli post qoldirdi. U kuzatuvchilariga sabrli bo‘lishni tavsiya qildi.

Foto: Instagram

Oilaviy safardan qaytgan Ziyoda sahifasiga yana Dubaydagi suratlaridan birini joyladi va kuzatuvchilarga oila muqaddasligini eslatib o‘tdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Zarina Nizomiddinova sahifasiga yangi maxsus effektda tushirilgan suratini joyladi va izoh o‘rniga oq yurakcha shaklini qoldirdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Fahriye Evjen sahifasiga turmush o‘rtog‘i Burak va farzandi tushgan suratni joyladi. Mehribon ota o‘g‘liga nimalarnidir tushuntirmoqda.

Foto: Instagram

Taniqli turk aktyori Murat Yildirim rafiqasi Iman Elbani bilan tushgan surati orqali muxlislariga xayrli yakshanba tiladi.

Foto: Instagram

Aktrisa Oydin Yusupova sevgan insoni bilan birga tushgan suratini sahifasiga joyladi. Undan avvalgi postlarda esa uning kasbi huquqshunos ekanligini oshkor etgan edi.

Foto: Instagram

Xonanda Rayhon G‘aniyeva “Mening oilam” izohi bilan post qoldirdi. Unda turmush o‘rtog‘i, o‘g‘illari va yana bir qizcha bor.

Foto: Instagram