Hozirda ularni mashhur qilgan rollari tufayli taniydiganlar talaygina. Ammo yulduzlarning iste’dodlari bolaligida, hattoki kelajakdagi kasbi haqida o‘ylamagan vaqtidayoq namoyon bo‘lgan.
Kristen Danst
Foto: Cosmopolitan
Aktrisa o‘z karyerasini 7 yoshida boshlagan. 1989-yilda u rejissorlar Vudi Allen, Frensis Ford Koppola va Martin Skorseze tomonidan suratga olingan “Nyu-York hikoyalari” filmida rol ijro etgan. Shuningdek, O‘rgimchak odam haqidagi uchta filmda ham ishtirok etgan.
Kristen Styuart
Foto: Cosmopolitan
Kristen 9 yoshga to‘lganida unga “O‘n uchinchi yil” filmida suratga tushish taklif qilindi. Aktrisaga mashhurlik keltirgan roli − “Sumerki” kartinasidagi Bella obrazidir.
Rayan Reynolds
Foto: Cosmopolitan
1991-yilda aktyor ajrashgan oilalarda giyohvandlikka berilib ketayotgan o‘spirinlar haqidagi “O‘n besh” teleserialida rol ijro etgan. O‘sha vaqtda aktyor 15 yoshda bo‘lgan. Keyinchalik u Dedpul roli bilan mashhurlikka erishgan.
Leonardo Di Kaprio
Foto: Cosmopolitan
Aktyor ilk bora 5 yoshida ekranlarda ko‘rinish bergan. 1979-yilda u “Romper Room and Friends” bolalar dasturida ishtirok etgan. Bir necha yil o‘tgach “O‘sish muammolari” va “Yangi Lessi” seriallarining yulduziga aylangan. Endilikda aktyorga omad keltirgan o‘nlab filmlar mavjud.
Natali Portman
Foto: Cosmopolitan
Aktrisa 13 yoshida ilk debyutini ijro etgan. U Lyuk Bessonning “Leon” filmida Matilda obrazida gavdalangan. So‘ngra “Qora oqqush” filmidagi bosh roli uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Kristian Beyl
Foto: Cosmopolitan
Aktyor 12 yoshida “Anastasiya: Annaning sirlari” serialining yulduziga aylangan. 2011-yilda u “Jangchi” filmidagi ikkinchi darajali roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.
Riz Uizerspun
Foto: Cosmopolitan
1991-yilda 15 yashar Riz “Oydagi odam” filmida kichik rollarning birini ijro etgan. U “Chiziqni kesib o‘tish” filmidagi ijrosi uchun “Oskar” mukofoti bilan taqdirlangan.
Xoakin Feniks
Foto: Cosmopolitan
U “Yetti birodarga yetti kelin” filmida rol ijro etganida 7 yoshda edi. Keyinchalik “Gladiator” va “Joker” filmlari bilan tanilgan.
Rayan Gosling
Foto: Cosmopolitan
Uning karyerasi 14 yoshida “Siz zulmatdan qo‘rqasizmi?” seriali bilan boshlangan. Shuningdek, “La La Land” filmidagi ijrosi uchun “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan.
Elayja Vud
Foto: Cosmopolitan
Elayja 8 yoshida birdaniga 3 ta filmda rol o‘ynagan. Hozirda uning eng mashhur roli “Uzuklar hukmdori”dagi Frodo Beggins obrazidir.