Navoiyda qurilish olib borilayotgan maydonda ko‘tarma kran qulab tushdi, deya xabar qilmoqda Navoiy viloyati hokimligi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Ma’lum qilinishicha, 26-yanvar kuni soat 16:00 larda “Yoshlik” mahallasida “Shohjahon shamshiri” MChJ tomonidan ko‘p qavatli uylar qurilishida jalb etilgan kran qulab tushgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kran boshqaruvchisi yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi ma’lum qilindi.

Avvalroq Jizzaxda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushgani, Dehqonoboddagi qurilishda beton plita qulab tushishi oqibatida 39 yoshli fuqaro vafot etgani hamda Jizzaxdagi qurilishda ishlaydigan 23 yoshli yigit o‘zini kranga osib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.