O‘zbekiston milliy valyutasida belgilangan ayrim aksiz solig‘i stavkalari 2021-yil 1-fevralidan boshlab oshiriladi.

Foto: “Daryo”

Xususan, ayrim neft mahsulotlarining oshirilgan soliq stavkalari endilikda quyidagicha bo‘ladi:

  • 1 tonna Ai-80 benzini 240 ming so‘m (2021-yil 1-yanvardan 200 ming so‘m edi);
  • 1 tonna Ai-91, Ai-92, Ai-93 va Ai-95 benzini 275 ming so‘m (2021-yil 1-fevralga qadar 250 ming so‘m);
  • 1 tonna dizel yonilg‘isi 240 000 so‘m (40 ming so‘mga qimmatlaydi).

Ma’lumot uchun, 2020-yilda respublikada 1 million tonna benzin ishlab chiqarilgan.

Tovar-xomashyo birjasida o‘tkazilgan savdolar yakuniga ko‘ra, birja savdolariga 30 ming 426 tonna Ai-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 6 ming 520,5 tonnasi, ya’ni 21,4 foizi sotildi.

Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirilishicha, avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293—1370 litrni tashkil qiladi.