Turkiya Mudofaa vazirligi Suriya bilan chegarada 12 nafar ISHID jangarilari deb taxmin qilingan shaxslarni hibsga olinganini e’lon qildi. Bu haqda Meduza ma’lum qildi.

Foto: CNN

Hibsga olinganlarning to‘rt nafari O‘zbekiston, uch nafari Qirg‘iziston va besh nafari Rossiya fuqarosi ekani aniqlangan.

Hibsga olinganlardan biri Interpol tomonidan qidiruvda bo‘lgan, deya qo‘shimcha qildi vazirlik. U aynan qaysi mamlakat fuqarosi ekanligi aytilmagan.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, jangarilar sifatida gumon qilinganlar Suriyadan Turkiyaga kirishga uringan. Ular 2020-yil 31-dekabrda hibsga olingan, ammo bu haqda ilgari xabar berilmagan.

Avvalroq Rossiyada 36 yoshli o‘zbekistonlik 2 oy ichida yo‘l harakati qoidalarini 131 marta buzgani, Turkiyada o‘zbekistonlik ayol o‘zini 10-qavatdan tashlab, vafot etgani hamda xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Rossiyada qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.