Ayol qizlar makiyaj davomida kipriklarga urg‘u berishga ortiqcha vaqt sarflaydi. Uyg‘onganda kipriklarning tabiiy qayrilib turishi va bo‘yashga hojat qolmasligi hamma uchun ham orzu hisoblanadi. Aslida esa bunday natijaga erishish imkoniyati yo‘q emas, shunchaki yaxshi mutaxassisga murojaat qilib sifatli laminatsiya qildirishning o‘zi kifoya.

Foto: Freepik

Kipriklarni qattiq, qalin, qayrilib turishiga sabab bo‘ladigan va shu bilan birga ularni bo‘yalishini o‘z ichiga oladigan protseduraga kipriklar laminatsiyasi deyiladi.

Kipriklarga zarar yetkazmaydi

Ko‘p mutaxassislar kipriklarni laminatsiyalashni Yumi Lashes asosida amalga oshiradi. Uning tarkibida keratin mavjudligi esa kipriklarni zararlamaydi, aksincha ularni mustahkamlaydi, kimyoviy moddalarning salbiy ta’siridan himoya qiladi, natijada kipriklar to‘kilmasligi ta’minlanadi.

Laminatsiya qildirgandan keyin kipriklarni bo‘yamasa ham bo‘ladimi?

Yuqorida ta’kidlanganidek laminatsiya faqat kipriklarni qayirib, mustahkamlamasdan, ularga rang beradi ham. Natijada kipriklar tabiiy chiroyli, xuddi tush surtgandek ko‘rinadi. 2-4 hafta o‘tganidan keyin esa kipriklarning qayrilgan holatlari sekin-asta keta boshlagani bilan kipriklardagi laminatsiya tolalardan yo‘qolmaydi. Shunchaki yangi kipriklar o‘sa boshlagani uchun oldingidek ko‘rinmasligi mumkin.

Kamchiliklar ko‘zga tashlanadimi?

1-1,5 oydan keyin laminatsiyalangan kipriklar o‘sa boshlaydi, ammo bu muammo sanalmaydi. Oddiy tushdan foydalanish mayda kamchiliklarni yashirishga yordam beradi.

Qancha vaqt turadi

Ushbu protsedura 2 oyda bir marta amalga oshiriladi. Agar mutaxassis sizga bu protsedurani ikki oydan avval takrorlash kerakligini tavsiya qilsa boshqa mutaxassis qidirib ko‘ring.

Kipriklarni laminatsiyalash protsedurasining amalga oshirish bosqichlari:

Jarayon 1 soat davom etadi.

1-bosqichda kipriklar maxsus valikka mahkamlanadi. Valik turli o‘lchamda bo‘ladi. Kipriklari kalta va qayrilish yaqqol ko‘zga tashlanishi uchun S, kipriklari o‘rtacha uzunlikdagi va o‘rtacha uzunlikdagi qayrilish uchun M va kipriklari uzun hamda tabiiy qayrilib turishi uchun L o‘lchamdagisan foydalaniladi.

2-bosqichda kipriklarga ularni qayrilib turishini ta’minlovchi kimyoviy vosita surtiladi.

3-bosqichda kipriklar qayrilishini mustahkamlaydigan va kimyoviy moddalarning zararini kamaytirib, ularni oziqlantiradigan keratinli vosita surtiladi.

4-bosqichda kipriklar bo‘yaladi.

5-bosqichda kipriklarga tarkibida C vitamini bo‘lgan oziqlantiruvchi yo‘g‘ surtiladi.