BAA tomonidan yaratilgan “Al-Amal” (“Umid”) sayyoralararo stansiyasi 9-fevral kuni Mars orbitasiga muvaffaqiyatli chiqdi, deb xabar beradi Glamour.

Foto: Glamour

Zond orbitada ikki yil ishlashi va “Qizil sayyora” atmosferasiga oid ko‘plab yangi ma’lumotlarni yig‘ishi, xususan, Marsdagi ob-havo sutka davomida qanday o‘zgarishini o‘rganishi kutilmoqda.

BAA SSSR, AQSh, Xitoy va Yevropa kosmik agentligidan keyin Marsga missiyani muvaffaqiyatli yuborishga muvaffaq bo‘lgan beshinchi davlatga aylandi. Arab jamoasining 80 foizi ayollardan iborat bo‘lib, ularga BAA Kosmik agentligi rahbari va mamlakatdagi Yuqori texnologiyalar vazirligi raisi hisoblanuvchi — 33 yoshli Sara al-Amiri boshchilik qilmoqda.

Zond 2020-yilning 19-iyulida Yaponiya hududidan H-IIA o‘rta sinfga kiruvchi raketa-tashuvchi yordamida uchirilgan. Zondning orbitaga chiqishi 9-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:42 da sodir bo‘lgan. Fevralda Marsga yana ikkita tadqiqot apparati yetib boradi: NASA’ning “Perseverans” marsoxodi va Xitoyning orbital zondga ega birinchi marsoxodi.