Farfarout nomini olgan 2018 AG37 obyekti Quyosh tizimida kuzatilgan barcha obyektlar orasida haqiqatan ham eng uzoqda joylashgan yulduz hisoblanadi. Olimlar bu kabi xulosaga bir qator tadqiqotlarni tekshirib ko‘rganidan so‘ng kelgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Getty Images

Farfarout birinchi bor 2018-yilning yanvarida Gavayidagi Maunakea orolida joylashgan Subaru teleskopi yordamida aniqlangan.

Gemini xalqaro observatoriyasi va boshqa yer usti teleskoplari yordamida astronomlar yaqindagina obyektning parametrlarini, uning orbitasi va ungacha bo‘lgan masofani hisoblashga muvaffaq bo‘ldi.

AQSh Milliy ilm-fan fondining Milliy optik-infraqizil astronomiya tadqiqot laboratoriyasi olimlari (NOIRLab NSF) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Farfarout Quyoshdan 132 astronomik birlik uzoqligida joylashgan, bu yerdan 132 barobar uzoqlikda ekanligini bildiradi. Taqqoslash uchun, Pluton Quyoshdan o‘rtacha 39 astronomik birlik uzoqligida joylashgan, uzoqligi bo‘yicha bundan oldingi rekord 2018 VG18’ga yoki Farout’ga tegishli bo‘lgan — 124 astronomik birlik.

Farfarout diametri 400 kilometrga yaqin, orbitasi esa cho‘zilgan. Eng uzoq nuqtada obyekt Quyoshdan 175 astronomik birlik uzoqligida, eng yaqini esa — 27 astronomik birlik.

Farfarout Quyosh atrofini deyarli ming yilda bir marotaba to‘liq aylanib chiqadi va har safar Neptun orbitasi bilan kesishadi.

Farfarout rasman Kichik sayyoralarning elektron sirkulyariga kiritilgan.