Transfermarkt portali 2021-yilning yozida erkin agent maqomini oladigan eng qimmat futbolchilar reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan joy oldi. Katalonlar sardori portal tomonidan 80 million yevroga loyiq ko‘rilgan.

“Milan” darvozaboni Janluiji Donnarumma (60 mln yevro) ikkinchi pog‘onada qayd etilgan bo‘lsa, mavsum yakunida “Bavariya”ni tark etishi aniq bo‘lgan David Alaba (55 mln) kuchli uchlikni yakunlab bergan.

2021-yilning yozida erkin agentga aylanadigan eng qimmat futbolchilar top-10 ligi:

  1. Lionel Messi (“Barselona”) — 80 million yevro
  2. Janluiji Donnarumma (“Milan”) — 60 mln yevro
  3. David Alaba (“Bavariya”) — 55 mln yevro
  4. Memfis Depay (“Lion”) — 45 mln yevro
  5. Jorjinyo Veynaldum (“Liverpul”) — 40 mln yevro
  6. Xoqon Chalxono‘g‘lu (“Milan”) — 35 mln yevro
  7. Serxio Aguero (“Manchester Siti”) — 35 mln yevro
  8. Florian Toven (“Marsel”) — 32 mln yevro
  9. Anxel di Mariya (PSJ) — 28 mln yevro
  10. Otavio (“Portu”) — 21 mln yevro

Foto: Transfermarkt

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!