Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror bilan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga aylantirildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hujjat bilan Qo‘riqlash bosh boshqarmasining shahodatlangan tarkibi Milliy gvardiya xodimlari hisoblanadi va maqomi bo‘yicha ichki ishlar ishlar organlari xodimlariga tenglashtiriladi.

2021-yildan Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlariga har oyda 20 foiz ustama beriladi, bundan tashqari, lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlari o‘rtacha ikki baravargacha oshirilgan holda qo‘llaniladi.

Shuningdek, hududiy bo‘linmalar soni maqbullashtiriladi. Obyektlarni qo‘riqlash tizimi takomillashtiriladi, shahodatlangan tarkib tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlar bosqichma-bosqich harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalariga o‘tkaziladi, jismoniy qo‘riqlash qisqartirib boriladi.

Shu bilan birga, Milliy gvardiya qo‘mondoniga jismoniy va yuridik shaxslar bilan qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish borasida tuzilgan shartnomalar asosida Qo‘riqlash bosh boshqarmasining tashkil-shtat tuzilmasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilgan.