Dunyoga mashhur turk xonandasi Tarkan 2 yashar qizi bilan duet kuylashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “RusTurkey.com” xabar berdi.

Foto: Instagram

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, mashhur qo‘shiqchi Pink to‘qqiz yoshli qizi bilan kuylagan Cover Me In Sunshine qo‘shig‘idan ilhomlanib, shu qarorga kelgan.

Foto: Instagram

Tarkanning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon qo‘shiq musiqasi va so‘zlarini yozishni boshlagan, yangi tarona tabiatni sevish va uni muhofaza qilish haqida.

Xonandaning ta’kidlashicha, qizi Liey bilan ijro etgan dueti tomoshabinlarni befarq qoldirmaydi.

Foto: Instagram

Ma’lumot uchun, Tarkan turkiyalik mashhur xonanda, bir qator qo‘shiqlar muallifi va prodyuseri. Turkiyada u “Pop shahzodasi” sifatida tanilgan. Uning albomlari 19 million nusxada sotilgan. Tarkan Turkiyada The World Music Awards mukofotini olgan birinchi va yagona xonanda bo‘lib qolmoqda.

Avvalroq Tarkanning nega ko‘rinmay qolgani va hozirda nimalar bilan bandligi haqida xabar berilgan edi.