Amerikalik taniqli qo‘shiqchi Ledi Gaganing ikkita fransuz buldogini o‘g‘irlab ketishdi, itlarni sayrga olib chiqqan yordamchisi esa yaralangan. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbalarga tayanib, TMZ nashri xabar berdi.

Foto: Instagram / @LadyGaga

Ko‘ngilsiz hodisa 24-fevral kuni sodir bo‘lgan. Qurollangan bosqinchilar uchta itni sayrga olib chiqqan erkakka hujum uyushtirgan. Bir nechta o‘qdan yarador bo‘lgan yordamchining ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.

Jinoyatchilar o‘g‘irlab ketilgan ikkita it uchun 500 ming dollar miqdorida pul talab qilmoqda.

Foto: Instagram / @LadyGaga

Ma’lum qilinishicha, Ledi Gaga hozirda Rimda bo‘lib, u to‘lovni to‘lashga tayyor.

Avvalroq britaniyalik aktyorning bir yil ichida noyob Ferrari va yana uchta mashinasi o‘g‘irlab ketilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.