Orziqib kutilgan ta’tilda va nihoyat boshqa mamlakatlarning diqqatga sazovor joylari va go‘zal manzarasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkinligini tasavvur qilasiz. Ammo nima bo‘lishni oldindan aytib bo‘lmaydi, orzular esa har doim ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Go‘zal manzarani yomon ob-havodan tortib ulkan yuk kemasi ham buzishi mumkin. AdMe shunday vaziyatga tushgan insonlarning suratlarini jamlab taqdim etadi.

“Tumanli havo tasvirlangan suratga qarab turib, orzum bo‘lgan Toj Mahalga sayohat qilgan vaqtimni eslayman”

Foto: AdMe

Fudzi tog‘i manzarasi, Yaponiya

Foto: AdMe

“Londonga borib, mashhur Big-Benni ko‘rishni orzu qilgan edim”

Foto: AdMe

“Rafiqam bilan birga Shenandoa vodiysiga qaragan Skyline Drive’ning eng yuqori nuqtasidamiz”

Foto: AdMe

“Moza Liza bilan suratga tushmoqchi edim”

Foto: AdMe

“Noyshvanshtayn qasrini butun ulug‘vorligi bilan ko‘rish uchun dunyoning u burchagidan kelgandik”

Foto: AdMe

Tripadvisor hali yaratilmagan paytlarda oilaviy ta’til chog‘ida Shotlandiyadagi mashhur g‘orga 2 soat yurib, yer ostiga tushishimizga ishonchimiz komil edi. Mana o‘sha g‘or”.

Foto: AdMe

“Irlandiyadagi qoyatoshlar”

Foto: AdMe

“Kiotoga qilgan birinchi safarimizda Oltin pavilyon ta’mirlanayotgan edi”.

Foto: AdMe

“Do‘stim bilan Rashmor tog‘idamiz”

Foto: AdMe

“Onam Ozodlik qo‘ng‘irog‘i oldida otam va meni suratga tushirdi. Afsuski, bu onam olgan yagona rasm”

Foto: AdMe

“Ta’til olib, dam olish kunimni Krater ko‘lida o‘tkazayotganimdan juda xursandman! Qarang, Uayzard oroli naqadar go‘zal”

Foto: AdMe

“Ulkan kema Alkatras ko‘rinishini bir soatdan ko‘proq vaqt davomida to‘sib qo‘ydi”

Foto: AdMe

“Bu Koloradodagi Red-Roks amfiteatri”

Foto: AdMe

“Bu Kauayga sayohatimizdan esdalik. Ob-havo prognozini tekshirmadik, Hanaley ko‘rfaziga borish uchun loy kechib, piyoda bordik”

Foto: AdMe