Koronavirusdan tuzalganlarning 95 foizida respirator yoki yurak kasalliklari kabi qaytarib bo‘lmas oqibatlar yuzaga kelmaydi. Shu bilan birga, kasallik belgilari butunlay yarim yil davomida yo‘qoladi. Bu haqda isroillik tibbiyot xodimlari tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqot natijalariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Times of Israel

Shaarey-Sedek tibbiyot markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda koronavirusdan sog‘aygan 166 kishi ishtirok etgan bo‘lib, ularda kasallikning aktiv fazasidan keyin uch oy davomida nafas yetishmovchiligi kuzatilgan. U eng keng tarqalgan va chidamli belgi bo‘lib, bemorlarning 57 foizida aniqlangan.

Bundan tashqari, bemorlarning 55 foizi umumiy holsizlikdan, 25 foizi — muntazam yo‘tal, 18 foizi — ko‘krak sohasidagi og‘riqlardan shikoyat qilgan. Yana 11 foizining ta’m va hid bilish xususiyati qaytmagan, 8 foizida esa bosh aylanishini yoki bo‘g‘imlardagi og‘riq kabi nevrologik simptomlar kuzatilgan.

Biroq olti oy davomida nafas yetishmasligi va kasallikning boshqa aksariyat belgilar butunlay yo‘qolib ketgan.

“Belgilarning asosiy qismi uch—olti oy davomida o‘tib ketadi deya ehtiyotkorlik bilan gapira olamiz. Biz tekshirgan bemorlarning deyarli hammasi olti oydan so‘ng umumiy ahvoli sezilarli darajada yaxshilanganini ma’lum qildi va test natijalari buni isbotladi. Haftasiga uch—to‘rt marotaba muntazam fitnes bilan shug‘ullangan bemorlar boshqalardan ko‘ra tezkor sog‘aydi”, — deydi Shaarey-Sedekdagi institut direktori, professor Gabriel Isbiski.

Tadqiqotda kasallikning yengil, o‘rta va og‘ir shakli bilan og‘rigan 18 yoshdan 86 yoshgacha bo‘lgan bemorlar ishtirok etgan.

Avvalroq avstriyalik olimlar COVID-19’ga qarshi antitanalar organizmda qancha vaqt saqlanishini aniqlagan edi.