Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari 28-fevraldan 1-martga o‘tar kechasi Britaniya osmonidan uchib o‘tgan meteor videolarini ulashdi. Bu kabi videolar Twitter ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Twitter

Meteor London, Birmingem, Bristol va Britaniyaning boshqa shaharlarida joylashgan kuzatuv kameralariga tushib qolgan.

UK Meteor Network’ning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida xabar berilishicha, kuzatilgan kosmik jism haqida shu paytgacha 120 dan ortiq bildirishnoma kelib tushgan. Inglizlar ushbu tabiiy hodisa haqida ma’lumot berishda davom etmoqda.