Antarktidadagi Nyu-York hududidan kattaroq bo‘lgan ulkan aysbergning sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlari e’lon qilindi. Kadrlar USGS Landsat dasturining Twitter’dagi sahifasiga joylashtirilgan.

Foto: Twitter / USGS Landsat

Suratlar Amerikaning Landsat 8 sun’iy yo‘ldoshi tomonidan olingan. Aysberg Brant muzligidan ajralgan.

Birinchi surat 12-yanvar kuni olingan bo‘lib, unda muzlik hali butun bo‘lgan, biroq yoriqlarni ko‘rish mumkin. 2020-yil oxirida Shimoliy rift (North rift) yorig‘i paydo bo‘lgan va aysbergning ajralishi yuzaga kela boshlagan.

Ikkinchi surat 1-mart kuni, aysberg ajralganidan bir necha kun o‘tib olingan. Ulkan aysberg suzishni boshlab, muzlikdan uzoqlashib ketgan.

Yangi aysberg A74 nomini olgan bo‘lib, uning maydoni 1270 kvadrat kilometrga yetadi — bu Nyu-York shahri hududidan ham kattaroq demak.

Avvalroq britaniyalik tadqiqotchilar guruhi 1994-yildan 2017-yilga qadar sayyoradagi muzlarning erish tezligi 65 foizga oshganini aniqlagan edi.