Dunyoning har bir mamlakati o‘zining oshxonasi bilan faxrlanadi. Afsuski, ulardan ayrimlari sayyohlar nazaridan chetda qolmoqda. Bunga shunchaki g‘alati ko‘rinish, g‘ayrioddiy hid yoki iste’molchini hayratga soladigan mahsulotlar sabab bo‘lishi mumkin.

Kolumbiya

Foto: AdMe

“Oddiy issiq shokoladning o‘ziga xos xususiyati nimada?” deb savol berish mumkin. Ammo Kolumbiyada shokolad umuman boshqa uslubda tayyorlanadi.

Polsha

Foto: AdMe

Kartoshka va pishloqli yegulik piyoz bilan birgalikda qovuriladi. Uni smetana bilan iste’mol qilish mumkin. “Bigos” deb ataluvchi ushbu yegulik karam, kolbasa va qo‘ziqorindan ham tayyorlanadi.

Italiya

Foto: AdMe

Sitsiliyada muzqaymoqlar uch xil uslubda: stakan, konus va sendvich sifatida iste’mol qilinadi. Yumshoq bulochka ustiga uch bo‘lak muzqaymoq joylashtirish mumkin. Istaganlar uchun ko‘pirtirilgan krem ham qo‘shiladi.

Niderlandiya

Foto: AdMe

Niderlandiyada ikki xil milliy taom mavjud. Ulardan biri – piyoz va tuzlangan bodring bilan tayyorlangan Atlantika seldi, uni ko‘pchilik yoqtirmaydi, ammo u juda mazali. Ikkinchisi esa stropvafli. Uni hattoki dunyodagi eng yaxshi shirinlik deb bilishadi.

Xorvatiya

Foto: AdMe

Xorvatiyaning “prshut” deb ataladigan taomi dunyoga mashhur. Taomga mazali pishloq hamda go‘sht qo‘shiladi. Xorvatiya kichkina mamlakat bo‘lishiga qaramay, o‘zining noodatiy milliy taomi bilan ajralib turadi.

Ispaniya

Foto: AdMe

Ispaniyaga tashrif buyurgan mehmonlarga, albatta, “tumbet” taomini sinab ko‘rish tavsiya etiladi. Ushbu taom qovurilgan baqlajon, qovoq, kartoshka hamda dafna yaproqlari, pomidor sousidan tayyorlanadi.

Angliya

Foto: AdMe

Qadoqdagi baliq va chipslar dengiz bo‘yida ovqatlanishda tavsiya etiladi. Unga no‘xat pyuresi va souslar ham qo‘shish mumkin.

Fransiya

Foto: AdMe

Kruassanlarni dastlab Fransiya oshxonalarida tatib ko‘rish kerak. Shundagina ularni yoqtirmaydiganlarning ham fikri o‘zgarishi mumkin.

Portugaliya

Foto: AdMe

Portugaliyaga tashrif buyuruvchilar ushbu yegulikni, albatta, tatib ko‘rishi kerak. Shuningdek, boshqa bir-biridan mazali taomlar ham mavjud. Ularni portugallar maromiga yetkazib tayyorlaydi.

Singapur

Foto: AdMe

Yog‘li guruch hamda tovuq Singapurning eng mazali taomidir. Guruch xushbo‘y tovuq suvida pishiriladi. Bundan tashqari, soya, chili, sarimsoq kabi mahsulotlar taomga o‘zgacha ta’m bag‘ishlaydi.

Nepal

Foto: AdMe

Qanday bo‘lmasin, Nepalda “dal bxat tarkari” taomini tatib ko‘rish kerak. U yasmiq, guruch va sabzavotlardan tayyorlanadi. Har bir nepallik oshpaz uni o‘ziga xos tarzda tayyorlaydi va ushbu taomning haqiqiy mutaxassisi hisoblanadi.

Kanada

Foto: AdMe

Ushbu shirinlik oddiygina xamirdan tayyorlansa-da, juda to‘yimli va mazali. Unga karamel, shokolad, yong‘oq kabi mahsulotlar ham qo‘shiladi va shirinlikni yanada mazali qiladi.

Finlyandiya

Foto: AdMe

Jigardan tayyorlanadigan zapekanka mamlakatdagi eng mashhur taomlardan biri. U guruch, mayiz, jigar, sariyog‘ va tuxumdan tayyorlanadi. Ammo yoshlar ushbu taomni unchalik ham yoqtirmaydi.

Turkiya

Foto: AdMe

“Imam bayaldi” taomining tarixi rivoyatlariga ko‘ra, imom rafiqasining taomga qancha yog‘ sarflaganini eshitib, hushidan ayrilgan. Shuning uchun ham taomga shunday nom berilgan. Turkiyada milliy taomlar qanchalar ko‘p bo‘lmasin, ushbu taom barchaning sevimli taomi hisoblanadi.