6-apreldan 13-aprelga qadar davom etadigan Sotheby’s onlayn-auksioni orqali noodatiy Porsche Taycan sotuvga qo‘yiladi. Elektrokar kuzovi dunyoga mashhur amerikalik fotorealist-rassom Richard Fillipsning Queen of the Night deb ataluvchi ishi bilan bezatilgan va shveysariyalik peyzajchi Adolf Ditrix ijodidan ilhomlanilgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Sotheby’s

Noyob Porsche Taycan Art Car 2020-yilning dekabrida Syurixning markaziy ko‘chasi — Banxofshtrasseda joylashgan Leuehof pop-ap restoranining o‘zida yaratilgan edi. Sedan kuzoviga vinil plyonka tortilgan bo‘lib, unga Richard Fillipsning Queen of the Night deb nomlangan asarining kengaytirilgan nusxasi tushirilgan. Unda amerikalik rassom o‘ziga xos akademik uslubdagi tropik bog‘ni tasvirlagan. Umuman olganda, kartinani yaratishda shveysariyalik peyzajchi-promitivist Adolf Ditrixdan ilhomlanilgan.

Foto: Sotheby’s

Taycan’ning markaziy qismidan ignabargli epifillum kaktusi o‘rin olgan (uni yana “tun malikasi”, Queen of the Night deb ham atashadi) bo‘lib, u faqat bir kecha davomida gullaydi. Quyruq qismiga havorang osmon, Boden ko‘li suvlari va suvni saqlovchi maxsus to‘qimalarga ega suv o‘tlari tasvirlangan. Butun kompozitsiya “betashvishlik va tozalik timsoli”ni yaratishga qaratilgan, “avtomobilning tabiiy shakli, uning tabiatga yaqinligi va tezligi”ga urg‘u berilgan.

Foto: Sotheby’s

Porsche Exclusive bo‘linmasi yorqin ranglarga yoritiladigan Queen of the Night yozuvi va Fillipsning dastxati tushilgan proyeksiyani qo‘shgan. Mazkur model rassomning Porsche bilan amalga oshirgan birinchi ishi emas: 2019-yilda u “24 soatli Le-Man” marafonida GTE-Am klassida g‘alabaga erishgan 911 RSR poyga mashinasi uchun “livreya” o‘ylab topgan edi.

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s