Amerikaning NASA kosmik agentligi 25-fevraldan boshlab Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) tijorat yuklarini yetkazib berish narxini yetti barobarga oshirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: NASA

Bir kilogramm yukni yetkazib berish 3 mingdan 20 ming dollarga, Yerga qaytarish 6 mingdan 40 ming dollarga oshirildi. Endi tijoriy tajribalar bilan shug‘ullanuvchi kosmonavt bir soat davomida XKSda bo‘lishi uchun 17,5 ming dollar emas, balki 130 ming dollar to‘lashi kerak.

“2019-yil iyun oyida dastlabki narx siyosati e’lon qilinganidan beri an’anaviy aerokosmik kompaniyalardan va rivojlanayotgan tarmoqlardan tijorat va marketing faoliyatiga talab oshdi. 2019-yil iyun oyidagi narx siyosati NASA resurslaridan foydalanish narxini to‘liq ifodalamagan edi. U narxlar orqali bozorni rag‘batlantirish va uni sozlash rejalashtirilgan edi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq AQShda xususiy kosmik mehmonxona qurilishi haqida xabar berilgan edi.