Kaliforniyalik astrosuratkash Endryu Makkarti Xalqaro kosmik stansiyasini (XKS) Oy fonida uchib o‘tayotganida suratga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “News.mail.ru”.

Foto: Instagram / @CosmicBackground

“Bugun soat 02:44 da shunday joylashdimki, natijada XKS men va Oy o‘rtamizdan uchib o‘tayotganida mazkur suratni oldim. XKS odatdagidan o‘zgacha ko‘rinish olishini kutmagan edim. Massivlarning yarmi (quyosh panellari uchun — tahr.) astronavtlarning ochiq kosmosga chiqishi uchun tayyorgalik burchagi ostida, shunday ekan men boshimiz uzra amalga oshirilayotgan missiyaning ajoyib, noyob suratini oldim. Bundan tashqari, ular mening Oydagi eng sevimli kraterim uzra uchib o‘tmoqda”, — deb yozadi surat muallifi.

Foto: Instagram / @CosmicBackground

Astronavtlar Ketlin Rubins va Viktor Glover Xalqaro kosmik stansiya bortidan ochiq kosmosga chiqqan. Ular yangi quyosh batareyalarini o‘rnatish uchun asos tayyorlagan. Ularni ta’mirlash ishlari 2021-yilda boshlanishi kutilmoqda.

Avvalroq Xalqaro kosmik stansiya (XKS) faoliyatini 2028-yilga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.