Rossiyaning “Soyuz-2” eltuvchi raketasi tarixda birinchi marta yangicha ranglarga bo‘yaladi, deb yozadi Meduza “Roskosmos”ga tayanib. U 20-mart kuni uchirilishi rejalashtirilgan.

Yangicha ranglarga bo‘yalgan “Soyuz” raketasi.

Foto: “Roskosmos”

“Soyuz” raketalarining an’anaviy kulrang-to‘q sariq tusi — oq-ko‘k rangga o‘zgartiriladi. Davlat korporatsiyasida qayd etishlaricha, dizayn Yuriy Gagarin koinotga birinchi parvozni amalga oshirgan “Vostok” eltuvchi raketasining Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasida turgan prototipidan ilhomlangan holda yaratilgan.

Yangicha ranglarga bo‘yalgan “Soyuz” raketasi.

Foto: “Roskosmos”

Taxminlarga ko‘ra, oq-ko‘k ranglardagi “Soyuz”lar kamida 2021-yilning oxirigacha parvoz qiladi.

“RIA Novosti” yozishicha, bungacha “Soyuz” raketalari ko‘p marta qandaydir hodisaga bag‘ishlab korpusiga rasmlar yopishtirilgan holda uchgan, ammo korpusning rangi doim kulrang-to‘q sariq bo‘lib qolgan.

“Soyuz” raketasining avvalgi ko‘rinishi, 2019-yil.

Foto: TJournal

12-aprel kuni Gagarinning koinotga ilk parvoziga 60 yil to‘ladi.

“Soyuz” oilasiga taalluqli raketalar 1966-yildan buyon ishlab chiqariladi.

“Vostok” raketasi prototipi.

Foto: Wikipedia