Hayotini birinchi sevgisi bilan bog‘lagan va baxtli hayot kechirayotgan hind yulduzlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Shohrux Xon va Gauri Chibber

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktyor Gaurini ilk bor 1984-yilda do‘stining uyidagi ziyofatda uchratgan. Uni raqsga tushishga taklif qilishni istagan, ammo uyatchang bo‘lgani sabab bunga botina olmagan, o‘zida zo‘rg‘a kuch topib oldiga borganida esa qiz unga yigiti borligi va u hozir kelishini aytgan. Shohrux Xon qattiq xafa bo‘lgan, ammo keyinroq Gauri uni aldaganini bilib qolgan. Aslida qiz yigiti emas, akasini kutgan. Juftlik o‘rtasidagi munosabat Shohrux Xon undan o‘zini akasi deb hisoblashini so‘raganidan keyin boshlangan.

Ayushman Kxurana va Taxira Kashyan

Foto: “Yandeks Dzen”

Birinchi uchrashuvdayoq bir-birini yoqtirib qolgan juftlik, buni tan olishga tayyor bo‘lmagan. Ular bir maktabda o‘qigan va Taxira dugonasi bilan birga Ayushmanga oshiq bo‘lgan. Kunlardan bir kuni qizning otasi uni eski tanishi bilan bo‘ladigan kechki ovqatga olib borgan. Uchrashuvdagi kishi esa Anushmanning otasi bo‘lgan. Tanovul qilish davomida ularning har ikkisi tasodifiy uchrashuv bejiz emasligini tushunib yetgan.

Jeki Shroff va Ayesha Datt

Foto: “Yandeks Dzen”

Ayesha, Jekini ilk bor 13 yoshida, avtobus bekatida uchratgan. Keyinroq esa ular musiqa do‘konida ko‘rishib qolgan. O‘rtasida do‘stona rishtalar paydo bo‘lgan, so‘ngra Jeki Ayeshani qalbini zabt etgan.

Ritesh Deshmukx va Jeneliya DeSouza

Foto: “Yandeks Dzen”

2002-yilda tanishgan 16 yashar Jeneliya va 24 yoshli Ritesh bir-birini yoqtirib qolgan. Do‘stlik bilan boshlangan munosabatlar bora-bora sevgiga aylangan. Oradan 10 yil o‘tib juftlik mazkur munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlagan.

Fardin Kxan va Natasha Madxvani

Foto: “Yandeks Dzen”

Fardin Natashani bollaligidan tanigan. U mashhur aktyor Feroz Kxanning o‘g‘li bo‘lgan. Fardinning onasi esa taniqli aktrisa — Mumtaz. Farzandini aktrisaning qiziga uylantirish fikri Ferozdan chiqqan. Juftlik 2005-yilda turmush qurgan.

Zayed Kxan va Malayka Parekx

Foto: “Yandeks Dzen”

Zayed Kxan va Malayka Parekxning sevgi hikoyasi ular kollejda o‘qiyotgan paytda boshlangan. Ikki yil uchrashganidan keyin Zeyed qizga turmush qurishni taklif qilgan, ammo Londonda o‘qiyotgani sabab uni kutishini iltimos qilgan. Juftlik, Zayed Bollivudda debyut rol ijro qilganidan keyin turmush qurgan.

Sunil Shetti va Mana

Foto: “Yandeks Dzen”

Juftlikning sevgi hikoyasi 1982-yildagi oqshom ziyofatidan keyin boshlangan. Bir necha marta uchrashganidan keyin Sunil ilk marta sevib qolganini tushungan va 1991-yilda Managa uylangan.