Nyu-Yorkda 1990-yillar ishlab chiqarilgan Volvo V70 20 million dollar qiymatida sotuvga qo‘yildi. Avtomobilning bu qadar qimmatligi uning raqamiga bog‘liq — mashina zamonaviy namunadagi birinchi rasmiy peshlavhaga ega bo‘lgan, deb yozadi Motor.

Foto: Autoevolution

Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, noyob avtomobil raqamini uning otasi 1970-yillarda sotib olgan. Biroq bu kabi raqamlar 2010-yilning 1-aprelidan muomalaga kirgan. Bu kabi raqamlar va shahar nomi to‘q ko‘k rangda tushirilgan asosiy sariq fon bilan ajralib turgan. Nyu-Yorkdan tashqari peshlavha ostiga Empire State ham yozilgan bo‘lib, Manxetten orolida joylashgan osmono‘parga ishora.

Foto: Autoevolution

Bu turdagi belgilar seriyasi o‘zida harflardan iborat seriyali raqamlarni mujassam etgan. Biroq ayni vaqtda “tablichka”ga an’anaviy ravishda faqat New York yozuvi tushirilgan, bu mazkur raqam o‘z seriyasida birinchi ekanligini bildiradi. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, ushbu “tablichka” shahar tarixining ajralmas qismi hisoblanadi. Potensial xaridor avtomobilini faqatgina Nyu-Yorkda ro‘yxatga qo‘ya oladi.

Foto: Autoevolution

Foto: Autoevolution

Hozirga qadar amalda bo‘lgan birinchi seriyadagi noyob avtomobil raqamini 20 million dollarga xarid qilish mumkin. Shu bilan birga, raqam bilan universal kuzovidagi eski Volvo ham sotiladi, bu marka tarixidagi eng qimmat avtomobilga aylanishi kutilmoqda.

Foto: Autoevolution

Avvalroq Avstraliyada 80 yillik tarixga ega “chiroyli” avtoraqam qariyb 2 million dollarga sotilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.