Janubiy Koreyaning K-pop guruhi Ginnesning yangi rekordini o‘rnatdi. Guruhning Dynamite taronasiga ishlangan klip premyerasi eng ko‘p ko‘rilgan videoga aylandi. Premyera bir vaqtning o‘zida uch million marta tomosha qilindi, deb yozadi Esquire.
Foto: Esquire
Klip premyerasi 2020-yilning 21-avgustida bo‘lib o‘tgan. Premyeradan keyingi dastlabki 24 soat ichida klip 101,2 million marta ko‘rilgan edi – bu ham jahon rekordini yangilagan. Endi ushbu klip YouTube’da 933 milliondan ortiq tomosha qilingan bo‘lib, 25 million layk to‘plagan.
The worst kept secret in history 😉@BTS_twt's record for the 'most simultaneous viewers for a music video on YouTube Premieres' has now been confirmed, with the 2020 single Dynamite clocking up over three million viewers.
👏 pic.twitter.com/QUdBQf2KEu— Guinness World Records (@GWR) March 16, 2021
Guruh ushbu qo‘shig‘i bilan “Gremmi” mukofotining “Eng yaxshi pop-duet yoki guruh ijrosi” nominatsiyasiga nomzod bo‘lgan edi, ammo g‘oliblikni Ledi Gaga va Ariana Grande “Rain on me” taronasi uchun qo‘lga kiritdi.
Guruhning 2020-yil fevral oyida taqdim etgan “Map of the soul: 7” to‘plami ham Ginnesning rekordlar kitobiga Janubiy Koreyada eng ko‘p sotilgan albom sifatida kiritilgan. Albom chiqarilgach 6 soat ichida 2,65 million, iyun oyiga qadar esa 4,4 million nusxadan ko‘proq sotilgan.