Kinosanoatda hamma narsa bo‘lishi, ssenariylarga to‘satdan o‘zgartirish kiritilishi, rejissorlar bosh qahramon sifatida ko‘rgan aktyor va aktrisalar qolib, xayolga ham kelmagan boshqa yulduzlar suratga olish jamoasiga kelib qo‘shilishi mumkin.

“Anand” 

Foto: “Yandeks Dzen”

Raj Kapur 1971-yilda suratga olingan “Anand” nomli filmda bosh qahramon rolini ijro qilishdan bosh tortgan. Shundan keyin bu rolni Rajesh Kxanna o‘ynagan. Bugungi kunda mazkur film hind kinematografiyasidagi eng yaxshi ijod namunalaridan biri sanaladi.

“Nagina” va “Chandni”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Nagina” va “Chandni” — Shridevi karyerasidagi eng yorqin filmlardan biridir. Aslida esa mazkur filmlarda Jaya Pradha va Rekha suratga tushishi kerak bo‘lgan.

“Yovvoyi” va “Uchinchi qavat” 

Foto: “Yandeks Dzen”

Dev Anand “Yovvoyi” va “Uchinchi qavat” filmlarida suratga tushishi kerak bo‘lgan. Ammo film ijodkorlari bilan kelisha olmagani sabab ishtirok etish fikridan voz kechgan. Oqibatda uning o‘rniga Shammi Kapur tanlangan.

“Aka va singil”

Foto: “Yandeks Dzen”

Dev Anand Zahida Hussainni “Aka va singil” filmidagi bosh qahramon sifatida ko‘rgan. Bundan avvalroq “Sarguzasht” filmida qaylig‘i rolini ijro qilgan aktrisa Devning singlisi sifatida suratga tushish mantiqsiz deb hisoblagan. Shundan keyin mazkur rolni ijro qilish uchun Zinat Aman tanlab olingan. Aynan mazkur ijro aktrisaning tanilishiga sabab bo‘lgan.

“Firibgar”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Firibgar” filmi ijodkorlari avvaliga Shrideviga ikkita qahramon rolini ijro qilishni taklif qilmoqchi bo‘lgan. Ammo syujetga ko‘ra, Shridevining o‘ldirilishini muxlislar qabul qila olmaydi, deb hisoblangan va uning o‘rniga Kajol va Shilpa Shetti taklif qilingan.

“Yura davri xiyoboni”

Foto: “Yandeks Dzen”

Rejissor Stiven Spilberg Shrideviga “Yura davri xiyoboni”da suratga tushishni taklif qilgan. Ammo Bollivuddagi faoliyatida uzilish bo‘lishini istamagan aktrisa unga rad javobini bergan.

“Vaqt”

Foto: “Yandeks Dzen”

Rejissor Raj Chopra “Vaqt” filmini Pritxviraj Kapur va uning uch o‘g‘li — Raj, Shammi hamda Shash bilan birga suratga olishni rejalashtirgan. Ammo faqatgina Shashi Kapurga mazkur filmda rol ijro qilish nasib qilgan. Bunga rejissorning do‘sti bergan maslahati sabab bo‘lgan. U Aka-uka Kapurlar o‘zini ekranda begonadek tutishiga muxlislar ishonmasligini aytib, aktyorlar tarkibini o‘zgartirishni tavsiya qilgan.

“Sangam”

Foto: “Yandeks Dzen”

Raj Kapur tomonidan tanlangan Dilip Kumar “Sangam” filmida suratga tushishni rad etganidan keyin mazkur rol Rajendra Kumarga nasib qilgan.

“Sevgi rishtasi”

Foto: “Yandeks Dzen”

1981-yilda suratga olingan mazkur filmda Parvin Babi va Smita Patil suratga tushishi kerak bo‘lgan. Rad javobini olgan Amitabh Bachchan ularning o‘rniga Rekha va Jayani taklif qilgan.