O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 1-mart holatiga ko‘ra 33,2 milliard dollarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Spot Markaziy bank ma’lumotlariga tayanib. Bir oy ichida ular 1,1 milliard dollarga qisqargan.

Foto: Bloomberg

Mamlakat zaxiralari oldingidek juda zaif diversifikatsiya qilingan — deyarli barchasi oltin va xorij valyutasi ko‘rinishida. Ushbu muammoni AQSh g‘aznachilik obligatsiyalarini sotib olish orqali hal qilish rejalashtirilgan, biroq bir necha oydan buyon bu haqda hech qanday ma’lumot yo‘q.

So‘nggi bir oy ichida oltin zaxiralari 0,2 million troy unsiyasiga (6,2 tonna) ortgan, biroq narxi 500 ming dollarga pastlagan, chunki metall arzonlashni davom etmoqda.

Xorij valyutasi ham 500 ming dollarga kamaygan. Bunga Markaziy bankning valyuta intervensiyasi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo regulyatorning ta’kidlashicha, ular rezervning aralashuvisiz amalga oshiriladi.

Oltin-valyuta zaxiralari mamlakat uchun “himoya yostiqchasi” hisoblanadi. O‘zbekistonning amaldagi zaxiralari 20 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli hisoblanadi.

Xalqaro tashkilotlar rivojlanayotgan davlatlarga 3 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli zaxiralarni saqlashni tavsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari birdaniga oshgan edi. Fevraldan boshlab esa oltin-valyuta zaxiralari yana qisqara boshlagan, ammo unda oltin ulushi oshgan edi.