Qo‘shma Shtatlarda migratsiya muammosi tobora og‘irlashmoqda. Fevral oyida Meksika bilan chegarada 2019-yil iyunidan buyon rekord ko‘rsatkichda — qariyb 100 ming kishi qo‘lga olingan. AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan Tramp kiritgan noqonuniy immigratsiyaga qarshi choralarning bekor qilinishi migratsiya oqimining keskin o‘sishiga turtki bo‘ldi. AQSh va Meksika chegaralaridagi muhojirlar haqida “RBK” fotoreportaj tayyorladi.

Markaziy Amerikaning Gonduras davlatidan kelgan muhojirlar tunni AQShdagi beysbol maydoni yonida o‘tkazadi. Mamlakatga kirish uchun ular Rio-Grande daryosidan sol yordamida o‘tgan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

AQShning yangi prezidenti Jo Bayden sobiq prezident Donlad Tramp ma’muriyati tomonidan qabul qilingan noqonuniy immigratsiya bilan kurashish uchun chora-tadbirlar to‘plamini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi. Xususan, u Meksika bilan chegarada boshqa dasturlar mablag‘laridan foydalangan holda, devor qurilishini moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi, shuningdek, Tramp tomonidan AQShda noqonuniy muhojir oilalarning birlashishi uchun qo‘yilgan taqiqni ham olib tashladi. So‘nggi qaror qarindoshlarini topishga keluvchi migrant bolalar oqimini keltirib chiqardi.

So‘nggi haftalarda migrant bolalar soni uch baravar oshdi. 21-martga kelib besh mingdan ortiq voyaga yetmagan qarovsiz bolalar Meksika bilan chegaradagi vaqtinchalik poshpana markazlarida, yana 10,5 ming bola ixtisoslashgan markazlarda qolmoqda. Resurs yetishmasligi sababli ular markazlarda belgilangan uch kundan ko‘proq vaqt ushlab turiladi.

Foto: Reuters

AQShdagi huquq-tartibot organlarining aytishicha, vaqtinchalik turar joydagi bolalar ko‘rpa-tushak yetishmasligi sababli yerda uxlashga majbur bo‘lmoqda.

Foto: Reuters

AQShdan deportatsiya qilingan ayol Meksikaning Syudad-Xuaresdagi yetimxona cherkovida yig‘lab ibodat qilmoqda.

Foto: Reuters

Fevral oyida AQSh—Meksika chegarasida AQSh rasmiylari 100 mingga yaqin muhojirni ushlab qolgan. Bu 2019-yilning iyun oyidan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich.

Oilasi bilan AQShdan deportatsiya qilingan bola Meksikaning Syudad-Xuares shahridagi yetimxonada.

Foto: Reuters

Rio-Grandeni kesib o‘tgan ayol qizi bilan Texas shtatining Penitas shahrida.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Respublikachilar Baydenning migratsiya siyosatini tanqid qilmoqda va u chiqargan farmonlar migratsiya inqirozining kuchayishiga hissa qo‘shib, muhojirlar sonining sezilarli darajada ko‘payishiga zamin yaratdi, deb hisoblamoqda.

Tramp ham Baydenni AQSh chegarasidagi muammolar uchun ayblamoqda. Trampning fikriga ko‘ra, Jo Bayden ma’muriyati zudlik bilan Meksika chegarasidagi devorning qurilishini qayta boshlashi kerak. Uning aytishicha, yangi ma’muriyatning xatti-harakatlari odamlarning o‘limi va fojiali voqealarga, shuningdek, janubiy chegara orqali AQShga giyohvand moddalar olib kirilishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun rasmiylar zudlik bilan devor qurilishini yakunlashi kerak. Tramp buni bir necha hafta ichida amalga oshirish mumkinligini ta’kidladi.

Avvalroq AQSh ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas CNN telekanaliga Qo‘shma Shtatlarga Markaziy Amerikadan so‘nggi 20 yil ichida rekord darajada noqonuniy muhojirlarning kelishi kutilayotganini aytgandi.