Amerikalik aktyor Jonni Deppning Gollivud-Xillzdagi uyiga boshpanasiz erkak yashirincha kirib oldi, deb xabar beradi Esquire.

Foto: Legion Media

Erkakni orqa hovlida basseynda aktyorning qo‘shnisi payqab qolib, politsiya chaqirgan. Shundan so‘ng, notanish kimsa darvozadan oshib o‘tib, Deppning uyi qarshisida paydo bo‘lgan.

Politsiyaga ikkinchi qo‘ng‘iroqni xavfsizlik xizmati xodimlari amalga oshirgan bo‘lib, ular uyga notanish kimsa kirganini ma’lum qilgan. Politsiyachilar yetib kelganida erkak aktyorning uyidagi vannada dush qabul qilgan va chiqishdan bosh tortgan. Bunga qadar u aktyorning baridan foydalanib, o‘ziga ichimlik tayyorlagan.

Erkak politsiyachilarning talabini bajarmagani va ular eshikni buzishga majbur bo‘lgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

TMZ portalining yozishicha, yanvar oyida politsiyachilar Deppning uyiga kirishga uringan boshpanasiz ayolni qo‘lga olgan. U o‘zganing uyiga o‘g‘irlik maqsadida bostirib kirganlikda gumonlangan.

Avvalroq boshpanasiz erkak reper Eminemning uyiga bostirib kirgani va uni o‘ldirmoqchi bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.