Koronavirus oqibatida vafot etayotganlar erkaklar soni ayollardan ko‘proq. Bu haqda Ukraina Milliy fanlar akademiyasi olimlarining prognozlariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.

Foto: EPA

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 65 yoshga yetgandan keyingi kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligining pasayishi 2020-yilgi maksimum bilan taqqoslanganda, erkaklarda ayollarga qaraganda ko‘proq kuzatilgan.

Foto: “Nas.gov.ua”

Milliy fanlar akademiyasining hisobotida ta’kidlanishicha, 2020-yil dekabr holatiga ko‘ra, 65 yoshga kirgan erkaklarda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligining pasayishi ayollarga nisbatan, mazkur bo‘shliqning tez o‘sishiga bog‘liq ravishda, 3 oyga ko‘proq bo‘lgan. Bu koronavirusga chalingan erkaklar orasida o‘lim holati ko‘proq ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga mos keladi.

Avvalroq britaniyalik olimlar sekin yuradigan odamlarda COVID-19’dan o‘lish xavfi to‘rt baravar yuqoriligini ma’lum qilgandi.