Finlyandiyalik olim Yukka-Pekka Metsyavaynio Somon yo‘li galaktikasining noyob tasvirini yaratdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Pixabay

Astrosuratkash mazkur tasvir ustida 2009-yildan boshlab 12 yil davomida ishlagan. Suratni yaratish uchun 1250 soat sarflangan.

Natijada Metsyavaynio o‘lchami 100 ming piksel bo‘lgan 234 ta alohida suratlarni o‘zaro birlashtirgan. Bu orqali u “Buzoq” va “Oqqush” yulduzlar turkumiga kiruvchi osmonning 125 darajasi joylashgan 20 milliondan ortiq yulduzni jamlagan.

Somon yo‘lining surati

Foto: J-P Metsavainio

Ta’kidlash kerakki, Yukka-Pekka Metsyavaynio ishlari butun dunyoda mashhurlikka erishgan taniqli astrosuratkash hisoblanadi.