Meduza old panjalariga tayangan holda orqa oyoqlarini ko‘tarib harakatlanayotgan quyon videosi bilan bo‘lishdi.

Ma’lum qilinishicha, juda noyob hisoblanuvchi sauterur d’Alfort turiga kiradigan quyonning RORB genida patologik o‘zgarishlar mavjud bo‘lib, u orqa miyaning nerv hujayralarida muhim vazifani bajaradi (aynan qaysi vazifani bajarishi hozirgacha noma’lum). Shu sababli sauteur d’Alfort quyonlari sakray olmaydi.

Ularning miyasi sakrash uchun orqa panjalar harakatini muvofiqlashtira olmaydi. Shu bilan birga, old panjalar yaxshi ishlaydi. Shunday ekan, sauteur d’Alfort quyonlariga orqa panjalarida sakragandan ko‘ra, old panjalarida yurish oson.

RORB geni haqida Portugaliya va Shvetsiya olimlarining hamkorlikda olib borgan tadqiqotlari davomida ma’lum bo‘lgan. Ular sauteur d’Alfort turidagi quyonlarni oddiy quyonlar bilan chatishtirgan va ularning 52 ta avlodidagi genomlarni o‘rgangan. Sakrashni bilmaydigan quyonlarning RORB genida mutatsiya aniqlangan.

Avvalroq olimlar quyonlarning go‘shtxo‘r turi borligini aniqlagan edi.