Inson fantaziyasi mo‘jiza yaratadi. U kosmosda ham kartoshka va kapalak qanotlarini ko‘rishi ham mumkin. Rostini aytganda, mazkur kadrlar tomoshabinni ajablantirishi tabiiy.

Foto: NASA

Ushbu suratning izohi quyidagicha: “Pulsar yordam qo‘lini cho‘zmoqda”. Pulsar – tez aylanuvchi yulduzlar bo‘lib, ular ma’lum vaqt oralig‘ida to‘lqin nurlarini chiqaradi.

Foto: NASA

Kapalak qanotlariga o‘xshaydi, shunday emasmi? Markaziy yulduzlar tizimidan cho‘zilgan ikkita bo‘lak xuddi qanotli kapalakka o‘xshab ko‘rinadi.

Foto: NASA

Ushbu manzaraga sinchiklab qaralsa, yalmog‘iz va uning bosh kiyimi tasvirini ko‘rish mumkin.

Foto: NASA

Marsdagi oddiy shakl yirtqichning yuziga o‘xshaydi.

Foto: NASA

2014-yil Xellouin bayrami arafasida Quyoshning ko‘rinishi. U xuddi qovoqdan yasalgan niqobga o‘xshaydi.

Foto: NASA

Marsdagi ayrim hudud tekisliklari go‘yoki gilam ko‘rinishida.

Foto: NASA

Yupiterning katta qizil dog‘i joylashgan joyda sayyorada yuz bergan antisiklon — bo‘ron qora dog‘ni hosil qildi. Endilikda uni ko‘zi bor sayyoraga ham o‘xshatish mumkin.

Foto: NASA

Ushbu shakl otning boshi va bo‘ynini tasvirlab turgandek tuyuladi.

Foto: NASA

NASA astronavti Jek Fisher XKSga ilk safarini 2017-yilda amalga oshirdi. Ushbu suratni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatdi, tasvir esa barmoq uchiga o‘xshashligi ta’kidlangan.

Foto: NASA

“Spitser” kosmik teleskopi bilan olingan surat. Umumiy ma’noda “Entrprayz” kemasining eng mashhur ikkita versiyasi.

Foto: NASA

2018-yil kosmosga uchirilgan Remove Debris sputnigi. U kubik-rubik o‘yinchog‘iga juda o‘xshash.

Foto: NASA

Yupiter yuzasidagi ushbu shakl olimlarni ham o‘ylantirib qo‘ygan.

Foto: NASA

Ushbu suratdagi katta tosh qoshiqni yodga soladi.

Foto: NASA

Ushbu suratdagi jism dastlab tilla bo‘lagi deb gumon qilingan. Ammo keyinchalik oddiygina nikel-temir ekanligi aniqlangan.

Foto: NASA

Bu yerda xuddi ayol haykali bor deb o‘ylash mumkin. Ammo bularning bari shunchaki oddiy tosh.

Foto: NASA

1976-yil suratga olingan Marsdagi odamlar boshi. Bu ham navbatdagi tasavvur bo‘lib, aslida ular oddiygina tosh.

Foto: NASA

Ushbu tasvirda oyoq suyaklarini ko‘rish mumkin. Lekin bular ham shunchaki tosh bo‘laklari.

Foto: NASA

Saturn yo‘ldoshi Prometey kraterlari va noodatiy shakli bilan kartoshkaga o‘xshaydi.

Foto: NASA

Pluton yuzasida g‘alati muzli tekislik tasvirlangan. Markazdan olingan suratda esa shilliqqurtni ham ko‘rish mumkin. Ammo bu suv yuzasida suzuvchi azot deb taxmin qilinmoqda.

Foto: NASA

Saturnning unchalik ulkan bo‘lmagan yo‘ldoshi Panni xuddi italyancha chuchvaraga qiyoslash mumkin.

Foto: NASA

Kosmosda yuz bergan hodisa ayni vaqtda kadrga muhrlangan.

Foto: NASA

Ushbu asteroid shakli  ko‘proq quymoqqa o‘xshab ketadi.