Dunyo bo‘ylab millionlab sayyohlar har yili eng mashhur joylarga tashrif buyurib, suratga tushadi. Ko‘pchilik uchun bu odatga aylangan. Aksariyat insonlar esa bu kabi diqqatga sazovor joylarni nafaqat sayyohlar bilan to‘lib-toshgani, balki narx borasida ham juda yuqori ekanidan o‘yga to‘lgan. Ammo nafaqat go‘zalligi bilan raqobatlasha oladigan, balki moddiy tomondan ham tejamkorlikka yordam beradigan joylar ham mavjud.

Machu-Pikchu (Peru) – Isla-del-Sol (Boliviya)

Foto: Depositphotos

Albatta, ko‘pchilik Machu-Pikchu nomini bir marotaba bo‘lsa ham eshitgan. Bu yo‘qolib ketgan Inklarning mashhur qadimiy shahri. U YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilganidan so‘ng sayyohlar oqimi bir necha borga ko‘paygan. Shuningdek, shaharga borish har tomonlama qiyin. Buning o‘rniga esa Boliviyadagi Isla-del-Sol yaxshi alternativ. U go‘zal Titikaka ko‘lida joylashgan. Bu yerda 80 dan ortiq xarobalarni ko‘rish mumkin. Afsonalarga ko‘ra, aynan shu yerda Inklar imperiyasi tashkil topgan.

Oltin darvoza ko‘prigi (AQSh) – “25-aprel” ko‘prigi (Portugaliya)

Foto: Depositphotos

Ko‘pgina Gollivud filmlari va seriallari San-Fransiskoda joylashgan mazkur ko‘prikni namoyish etadi. 2014-yildan buyon ko‘prikda sayohat qilish pulli bo‘lgan. Ajoyib o‘xshashlikni Lissabon yaqinida joylashgan “25-aprel” deb nomlangan ko‘prikda ko‘rish mumkin. Shuningdek, u orqali sayohat qilish arzonroq.

Kolizey (Italiya) – Pula amfiteatri (Xorvatiya) 

Foto: Depositphotos

Kolizeyga har yili 6 millionga yaqin sayyoh tashrif buyuradi. Ammo yagona kamchilik uzoq navbat kutish va kirish chiptasining qimmatligi. Xorvatiyada esa shunga o‘xshash amfiteatrni ko‘rish mumkin. Unga kirish uchun navbat kutish ham shart emas, bundan tashqari, kirish chiptasi 6 yevrodan biroz qimmatroq.

Big-Ben (Angliya) – Tinchlik minorasi (Kanada)

Foto: Depositphotos

Aslida Big-Ben – Vestminister saroyining soat minorasi. Afsuski, 2021-yil fevral oyidan boshlab minora qayta tiklanmoqda va sayohat qilish imkoniyati mavjud emas. Sayyoraning boshqa burchagida, Kanada poytaxti Ottavada parlament binosining bir qismi bo‘lgan Tinchlik minorasini ko‘rish mumkin.

Eyfel minorasi (Fransiya) – “Eyfel” minorasi (Xitoy)

Foto: Depositphotos

1889-yilda qurilgan mashhur Eyfel minorasi Parijdagi eng taniqli me’moriy inshootdir. Balandligi 324 metr. Eng yuqori pog‘onaga ko‘tarilish uchun 26 yevro to‘lash hamda navbat kutish kerak. Deyarli to‘liq nusxa, ammo uzunligi yarmiga qisqartirilgan Xitoyning Xanchjou shahri, Tianducheng turar joy majmuasi bog‘idan topish mumkin. Bu yer aynan Parijning dizayn xususiyatlariga taqlid qilish uchun yaratilgan. Kirish esa mutlaqo bepul.

Gigantlar ko‘prigi (Shimoliy Irlandiya) – Ustunlar qopqog‘i (Rossiya)

Foto: Depositphotos

Balandligi 12 metrga yetadigan 40 mingta ustun shaklidagi g‘ayrioddiy yodgorlik. Bu yerga tashrif buyuruvchilar hamisha topiladi. Bu kabi joyni yana Rossiyadan ham topish mumkin. U yerdagi ustunlar balandligi 50 metrga yetadi.

Ulinyuan (Xitoy) – Lena ustunlari (Rossiya)

Foto: “Depositphotos.com”

Ulinshan tog‘ tizimining bir qismi qumtoshlarning ob-havosi natijasida hosil bo‘lgan ko‘plab tepaliklar, ustun va qoyalardan tashkil topgan. Ularni “Avatar” filmida ham ko‘rsa bo‘ladi. Shunga o‘xshash landshaftni Rossiyada uchratish mumkin. Balandligi 100 metrgacha bo‘lgan ajoyib qoyalar har yili o‘ziga xos iqlim tufayli yanada chiroy ochib boradi.

Glenfinnan ko‘prigi (Shotlandiya) – Altenbeken ko‘prigi (Germaniya) 

Foto: Depositphotos

Glenfinnan ko‘prigi ko‘plab filmlarda suratga tushirilgan, ammo Garri Potter  seriali bilan mashhur. Xuddi shunday tuzilmani Germaniyadagi shaharlarning birida ko‘rish mumkin. Mahalliy aholi u bilan juda faxrlanadi, chunki aynan ko‘prik tufayli butun qishloq shaharga aylangan. Ushbu ko‘priklar 44 yil farq bilan qurilgan.

Afinadagi Akropol (Gretsiya) – Efes (Turkiya)

Foto: Depositphotos

Akropol sayyohlar orasida juda mashhur bo‘lgan qadimiy qal’a. Kirish chiptasi ham shunga yarasha narxda. Shuningdek, maskan sayyohlar bilan to‘lib toshgan. Turkiyaning qadimiy Efes shahri ham mazkur joy bilan raqobatlasha oladi. U yerda ham turli binolarning majmuasini ko‘rish mumkin.

Karlovi Vari (Chexiya) – Roza Xutor (Chexiya)

Foto: Depositphotos

Karlovi Vari butun dunyoda o‘zining kurortlari bilan mashhur. Toza havo va rang-barang me’morchilikning ajoyib kombinatsiyasi yil davomida yuz minglab sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Uning egizagi sifatida esa Rossiyadagi Roza Xutor kurortini olish mumkin. U yerga ham har yili ko‘plab sayyohlar tashrif buyuradi.

Tauer ko‘prigi (Angliya) – Suchjoudagi ko‘prik (Xitoy)

Foto: Depositphotos

Aynan ushbu ko‘prik Londonning ramziga aylangan. Kirish narxi 15 dollar. Ushbu ko‘prikning nusxasi Xitoyda joylashgan.

Venetsiya (Italiya) – Kolmar (Fransiya)

Foto: Depositphotos

Afsonaviy shahrning suv ustidagi me’moriy qiyofasidan bahramand bo‘lish uchun kim ham Venetsiyaga tashrif buyurishni xohlamaydi?! Albatta, u yerni maxsus qayiqlarda tomosha qilish kerak. Ammo kutilmagan ikki hodisa shuki, yuqori narx hamda navbat. Pulni tejash va taassurotlardan mahrum bo‘lmaslik uchun Fransiyaning Kolmar shahriga ham borish tavsiya etiladi. U yerda sayyohlar kam, shuningdek, narxlar ham qulay.

Stounxenj (Buyuk Britaniya) – Kallanish ( Shotlandiya)

Foto: Depositphotos

Ushbu maskan nafaqat Buyuk Britaniya, balki butun dunyoga taniqli joylardan biridir. Bu yerga har yili 800 minlab odamlar tashrif buyurdi. Xuddi shu kabi sirli joy Shotlandiyada ham bor. U yerga kirish bepul.

Kapitoliy (AQSh) – Kapitoliy (Kuba)

Foto: Depositphotos

Kapitoliy AQSh Kongressining yig‘ilish joyidir. Shuning uchun u har doim shaharning tashriflar ro‘yxatida. Xuddi shunday tuzilmani Kubada ham topish mumkin.

Bonnevill tuz konlari (AQSh) – Uyun tuz koni (Boliviya)

Foto: Depositphotos

Shimoliy Amerikadagi Bonnevill tuz konini Gollivud filmlari orqali ko‘rish mumkin. Dunyoning deyarli boshqa qismida ham xuddi shu kabi tuz Uyun tuz koni mavjud.

Toj Mahal (Hindiston) – Bibi ka Maqbara (Hindiston)

Foto: Depositphotos

Toj-Mahal Agrada joylashgan. Bino ham masjid, ham maqbara. Uning qurilishida 22 mingga yaqin hunarmand ishlagan. Har yili 5,5 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. Shuningdek, Aurangabad shahrida joylashgan Bibi-ka Maqbara binosiga nazar tashlansa, me’morchilik orasida o‘xshashlikni ko‘rish mumkin.

Piza minorasi (Italiya) – Piza minorasi nusxasi (AQSh)

Foto: Depositphotos

Piza minorasi oldida suratga tushish uchun keladigan sayyohlarning sanog‘i yo‘q. Ammo kamchilik AQShda Italiyadagi afsonaning yarim nusxasi borligini biladi. Bino Illinoys shtatining Nil shahrida joylashgan.

Sfinks (Misr) – Sfinksning nusxasi (Xitoy)

Foto: Depositphotos

Sfinks –  Misr piramidalari yonida joylashgan afsonaviy mavjudotning mashhur haykali. Sayyohlar har yili qadimiy maskanni tomosha qilish uchun keladi. Shuningdek, Xitoyda ham Sfinks nusxasi mavjud. Ammo kam sonli sayyohlargina bundan xabardor.

Ozodlik haykali (AQSh) – Ozodlik haykali nusxasi (Yaponiya)

Foto: Depositphotos

Amerikaning usbu taniqli maskaniga har yili 4 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. Deyarli haykalning to‘liq me’moriy nusxasi yer yuzining narigi tomoni, Tokiodagi Odayba orolida joylashgan. Haykal asl nusxasidan 4 baravar kichik. Shuning uchundir balki ushbu yerdagi sayyohlar soni unchalik ham ko‘p emas.