Yaponiyada sakura daraxti so‘nggi 1200 yil ichida birinchi bor har doimgidan ertaroq gullashni boshladi, deb xabar beradi Harper’s Bazaar nashri.

Foto: Harper’s Bazaar

Odatda daraxt aprel o‘rtalarida gullay boshlaydi, biroq 2021-yilda mart oxirga borib kurtaklar to‘liq ochilgan. Yapon olimlarining ma’lum qilishicha, bu iqlim o‘zgarishi va global isish jarayoniga bog‘liq. Sakuraning gullashi bo‘yicha bundan oldingi rekordlar Kiotoda 1409-yilda, Tokioda — 1953-yilda qayd etilgan.

Daraxtning ilk kurtaklari 11-martdayoq ochilgan — o‘shanda bu haqda Xirosima prefekturasi hukumati ma’lum qilgandi. Olimlarning fikricha, sakuraning erta gullashi 1970-yillardan buyon kuzatilmoqda va bu dunyo bo‘ylab global isish jarayoni davom etayotganida dalolat beradi.