Germaniyada saratonning eng og‘ir shakllaridan biri — bosh miya o‘simtasiga qarshi vaksinaning birinchi bosqich klinik sinovlari o‘tkazildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Pixabay

Mazkur dori vositasi trikarbon kislotani sintez qiluvchi IDH1 oqsili qismining o‘zgartirilishi natijasida yaratilgan. Genda IDH1’ni bloklovchi mutatsiya sodir bo‘ladi. Bu kabi asoratlar glioma bilan kasallanganlarning 75 foizida kuzatilgan. Aynan shu mutatsiya bosh miyada saraton hujayralarining rivojlanishini ta’minlaydi.

“Immun tizimi IDH1 mutant oqsilini begona sifatida tanib, T-limfotsitlarga kiruvchi T-xelperlarning spetsefik javobini ishga tushirishi mumkin”, — deya oydinlik kiritadi mutaxassislar.

Gliomaga qarshi vaksina bir necha yil oldin yaratilgan. U tarjima kalamushlarida sinovdan o‘tkazilgan va u mutatsiya jarayonida saraton hujayralarining o‘sishini to‘xtatishga qodirligi isbotlangan. Endi esa u glioma bilan kasallangan 32 kishida sinovdan o‘tkazilgan. Tajriba ishtirokchilari sakkiz martalik emlashdan iborat butun boshli vaksinatsiya kursidan o‘tgan.

Ta’kidlanishicha, vaksinatsiya davomida og‘ir ta’sirlar qayd etilmagan, biroq shu bilan birga, ayrim bemorlar o‘simtaning kattalashuvidan azob chekkan.

“Faollashtirilgan immun hujayralari bemorlarga muvaffaqiyatli kirib, o‘simtali to‘qimada faol ishladi. Emlanishda o‘ziga xos immunitetga ega bo‘lgan bemorlarning 82 foizida o‘simta uch yil ichida rivojlanmadi”, — deydi olimlar.

Hozircha vaksina nazorat guruhi tomonidan taqqoslangan bo‘lmasa-da, uning xavfsizligi, immunogenligi isbotlangan, sinovlar davom etadi. Taxminlarga ko‘ra, dori vositasidan immunoterapiya bilan birga foydalaniladi.

Avvalroq mutaxassislar saratonning kutilmagan simptomlari haqida ma’lumot bergandi.